Saudiya Arabistonida harakatlanişga töliq taqiq qöyildi

Saudiya Arabistonida harakatlanişga töliq taqiq qöyildi

Saudiya Arabistonida koronavirus bilan kasallanganlar soni ortayotgani sabab Ramazon hayiti arafasida 22 maydan harakatlanişga töliq taqiq qöyildi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Içki işlar vazirligi vakili Talol aş-Şalxubga tayanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

Taʼkidlanişiça, 23—27 may kunlari mamlakatning barça şahar va mintaqalarida karantin rejimi kuçaytiriladi.

23 maydan boşlab podşohlikdagi barça savdo markazlarini nomaʼlum muddatga yopiş rejalaştirilgan.

Saudiya Arabistoni kasalxonalarida koronavirusga çalinganlarni davolaşda sunʼiy intellektdan foydalaniş yölga qöyilmoqda. Ar-Riyod va Jidda şaharlaridagi tibbiyot komplekslarida Xitoyda işlab çiqarilgan robot-şifokordan foydalanilmoqda, u bemorlarga taşxis qöyib, tahillar ötkazadi.

Apparatga şifokorlar masofadan turib COVID-19’ga çalinganlar bilan işlay olişini taʼminlovçi qurilmalar örnatilgan, u rentgenga tuşiradi va smartfondagi ilova yordamida bemorning kasallik tarixi qaydlarini tekşiradi.

Robot-şifokor tibbiyot xodimlari va infektsiyaga çalinganlar orasidagi aloqani 95 foizga qisqartirişga yordam beradi.

Sönggi maʼlumotlarga köra, Saudiya Arabistonida koronavirusga çalinganlar soni 67 719 kişiga yetgan.

×