Tayvan kompaniyasi Saudiya Arabistonida mikroçip işlab çiqarmoqçi.
Loyiha qiymati 9 milliard dollar. Tayvanning Hon Hai Precision Industry Co. (Foxconn Technology) elektronika kompaniyasi Saudiya Arabistonida zavod qurmoqçi. Bu haqda Dow Jones xabar berdi.
Uşbu zavodda mikroçiplar, elektromobil uçun ehtiyot qismlari va boşqa elektronika mahsulotlari işlab çiqariladi. Loyiha qiymati 9 milliard dollarga baholanmoqda.
Bu böyiça muzokaralar ötgan yili boşlangan. Kompaniya Saudiya Arabistonida loyihani amalga oşiriş orqali maʼlum imtiyozlar, xususan, soliq “taʼtillari”, elektr va suv taʼminotiga subsidiya olişni möljallamoqda. Dow Jones maʼlumotlariga köra, Foxconn BAAda ham zavod quriş imkoniyatini körib çiqmoqda.









