Karantin 15 iyungaça uzaytirildi. «Yaşil» hududlarda çeklangan tartibda töy va marosimlarga ruxsat beriladi

Karantin 15 iyungaça uzaytirildi. «Yaşil» hududlarda çeklangan tartibda töy va marosimlarga ruxsat beriladi

Özbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi axboroti eʼlon qilindi.

Maxsus komissiya qarori bilan amaldagi karantin talablari 2020 yil 15 iyunga qadar uzaytirildi.

Şu bilan birga 2020 yil 1 iyundan boşlab quyidagi faoliyat turlariga ham ruxsat berilmoqda:

a) «qizil» hududlarda:

  • rieltorlik faoliyati;
  • reklama va marketing faoliyati.

b) «sariq» hududlarda «qizil» hududlarga qöşimça ravişda:

  • avtomototransport vositalari haydovçilarini tayyorlaş va qayta tayyorlaş bilan şuğullanuvçi taşkilotlar faoliyati (bunda, nazariy maşğulotlar masofadan turib (onlayn) öqitiş orqali amalga oşirilişi, amaliy maşğulotlar esa sanitariya talablariga qatʼiy rioya qilgan, şu jumladan, tibbiy niqob, tibbiy qölqopdan foydalangan hamda avtotransport vositalarini dezinfektsiya qilgan holda taşkil qilinişi lozim);
  • davlat taşkilotlarida autsorsing asosida ovqatlaniş xizmatlarini körsatuvçi tadbirkorlik subʼektlari faoliyati.

v) «yaşil» hududlarda «sariq» hududlarga qöşimça ravişda:

  • sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari,boşqa dam oliş maskanlari va joylaştiriş vositalari faoliyati (hostellar bundan mustasno);
  • sport sektsiyalari, tögaraklari, sport zallari va fitnes klublar faoliyati;
  • oilaviy tantana, töy, maʼraka va marosimlarni ötkaziş.

Bunda oilaviy tantana, töy, maʼraka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining özida 30 kişidan köp bölmagan (faqat yaqin qarindoşlar va uşbu tuman hududida istiqomat qiluvçi boşqa qarindoşlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda ötkazişga ruxsat beriladi.

Öz navbatida karantin davrida oilaviy tantana, töy, maʼraka va marosimlarni ötkazişning belgilangan talablarini buzgan şaxslar epidemiyalarga qarşi kuraş qoidalarini buzganlik uçun maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.

Dehqon bozorlari va aholi gavjum böladigan hududlarda karantin talablariga rioya etilişini nazorat qiladigan köngilli guruhlar tuziş topşirildi.

Barça hududlarda ularning toifasidan qatʼi nazar quyidagi karantin talablari saqlab qolinadi:

  • jamoat joylarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlaş,
  • uç kişidan ortiq yiğilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalaridan foydalanişi;
  • taʼlim taşkilotlari (boğça, maktab, litsey, kollej, texnikum, institut, universitet va boşqalar), öquv kurslari faoliyatini yölga qöymaslik;
  • köngiloçar obʼektlar – tungi klublar, diskoteka, restoran, kafe, oşxona, çoyxona, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, çilim (kalyan) va kompyuter öyinlari markazlari faoliyatiga yöl qöymaslik;
  • kontsert, teatr, kinoteatr va sport tadbirlarini (professional futbol klublari öquv maşğulotlari va Özbekiston professional futbol ligasi çempionatlari bundan mustasno) ötkazmaslik;
  • jamoat transporti harakatiga ruxsat bermaslik;
  • buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat bermaslik;
  • dehqon, quriliş bozorlari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat savdo nuqtalari (supermarket va boşqa yirik dökonlar) kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlaş hamda har bir fuqaroning tana haroratini ölçab, 37 daraja va undan yuqori bölgan holatda, uşbu majmualarga kiritmaslik çoralarini köriş;
  • barça taşkilotlar kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfektsion «töşak»lar bilan taʼminlaş hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritişini taʼminlaş;
  • quriliş-taʼmirlaş işlarida obʼektlarning hududi töliq karantinga olinişi va hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik markazlari bilan birgalikda obʼektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlarining amalga oşirilib borilişi. Bunda, uşbu taşkilotlarning faoliyat olib boriş davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga töliq rioya qiliş, öz faoliyatini faqatgina tegişli obʼekt hududi doirasida taşkil etiş.

«Qizil» toifaga kiruvçi hududlarda karantin çeklovlari talablarini bajarmaslik, şuningdek, «yaşil» va «sariq» toifaga kiruvçi hududlarda ruxsat berilgan faoliyat turlarini örnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oşiriş tegişli javobgarlikka sabab böladi.

Manba: Kun.uz

×