“Qizil” va “sariq” hududlarda töy marosimlarini ötkazişga ruxsat berildi

“Qizil” va “sariq” hududlarda töy marosimlarini ötkazişga ruxsat berildi

Joriy yilning 30 may kuni Özbekistonga Koronavirusning kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan faqat “yaşil” toifaga kiruvçi hududlarda oilaviy tantana, töy, maʼraka va marosimlarini ötkazişga ruxsat berilgan edi. Endilik uşbu imkoniyat “qizil” va “sariq” hududlarga ham taqdim etilmoqda. Bu haqda komissiya qarorida qayd etilgan.  

Qarorda qayd etilişiça, töy, maʼraka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining özida 30 kişidan köp bölmagan holda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda ötkazişga ruxsat beriladi. 

Bunda marosimlarda faqat yaqin qarindoşlar va uşbu tuman hududida istiqomat qiluvçi boşqa qarindoşlar qatnaşişi belgilangan. 

Öz navbatida karantin davrida oilaviy tantana, töy, maʼraka va marosimlarni ötkazişning belgilangan talablarini buzgan şaxslar epidemiyalarga qarşi kuraş qoidalarini buzganlik uçun maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.

×