Şavkat Mirziyoyev: "Yaşil” hududlar örtasida içki turizmga ruxsat beriş zarur"

Şavkat Mirziyoyev: "Yaşil” hududlar örtasida içki turizmga ruxsat beriş zarur"

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 27 may kuni turizm va davlat aktivlarini xususiylaştiriş sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanişdi.

Koronavirus pandemiyasi turizm sohasiga salbiy taʼsir körsatdi. Jahon turizm taşkiloti maʼlumotlariga köra, 2020 yil yakunlari böyiça xalqaro sayohatlar 89 foizga, iş örinlari 74 milliontaga qisqarişi, sohadagi jami yöqotişlar 800 milliard dollarni taşkil etişi kutilmoqda.

Maʼlumki, joriy yil 16 martdan mamlakatimiz taşqi va içki turistlar uçun yopilgan edi. Oqibatda 1,5 mingdan ortiq turoperator, 1,2 mingta mehmonxona öz faoliyatini töxtatdi.

Bu gidlar, milliy hunarmandçilik, ziyoratgoh va sihatgohlar, umumiy ovqatlaniş, transport va boşqalar bilan qöşib hisoblaganda 250 mingdan ortiq aholi daromadiga jiddiy taʼsir qildi.

Pandemiyaning oqibatlarini yumşatiş maqsadida bu sohaga ham  qator yengilliklar berildi. Jumladan, 1 ming 750 ta subʼektga mol-mulk, yer va ijtimoiy soliqlardan 60 milliard sömga yaqin imtiyoz taqdim etildi. Lekin bu imtiyoz va preferentsiyalar vaqtinçalik. Doimiy barqaror rivojlaniş uçun esa pandemiya şaroitida işlaşga örganiş zarur.

Şu bois bu boradagi xorijiy tajriba örganildi. Xususan, “Uzbekistan. Safe travel guaranteed” (“Özbekiston. Xavfsiz sayohat kafolatlangan”) brendi ostida turistlar uçun sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi işlab çiqildi.

Davlatimiz rahbariga uşbu loyiha taqdimot qilindi. Şuningdek, mamlakatimizda içki turizmni tiklaş va rivojlantiriş borasidagi rejalar bilan tanişildi. 

Prezidentimiz birinçi bosqiçda “yaşil” hududlar örtasida içki turizmga ruxsat beriş zarurligini taʼkidladi. Toğli joylar va köl böylarida yengil konstruktsiyali dam oliş maskanlarini taşkil etiş böyiça körsatma berildi. Hokimlar bilan birgalikda köçma dam oliş maskanlari dislokatsiyasi tasdiqlanib, elektron portalga joylaştiriladi.

Ikkinçi bosqiçda koronavirus kasalligi jilovlangan davlatlar röyxatini şakllantirib, ular bilan turizm aloqalarini bosqiçma-bosqiç tiklaş kerakligi taʼkidlandi.

– Turizm faoliyatini qayta tiklaş uçun, eng avvalo, mehmonxonalar qanday işlaydi, turistlar aeroportda qanday qabul qilinadi, ularning mamlakat içida harakatlanişi qanday taşkil etiladi, degan savollarga aniq javob bölişi kerak. Belgilanadigan meʼyorlar sodda, lekin kasallikning oldini oliş uçun yetarli bölişi lozim. Misol uçun, bitta holat aniqlansa, butun mehmonxonani karantinga olişga zarurat bölmaydigan tizim işlab çiqiş zarur, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Turizm yönalişida tadbirkorlar körgan zararni yaqin 1-2 yil içida töliq qoplaş qiyin. Şu bois Prezidentimiz bu sohaga qöşimça imtiyoz va preferentsiyalar beriş lozimligini taʼkidladi.

Xususan, turistik yiğimlardan ozod qiliş böyiça avval berilgan imtiyoz yil yakuniga qadar uzaytiriladi. Şuningdek, soha korxonalari foyda soliğini hisoblaşda 2020-2021 yildagi körgan zararlarini keyingi yillar foydasidan çegirib taşlaşga ruxsat beriladi.

Mehmonxonalarga körsatgan xizmatining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi. Bundan taşqari, ularga aylanma mablağ uçun kredit foiz tölovlarining 10 foizigaça bölgan qismiga subsidiya beriladi.

*        *        *

Raqobat – iqtisodiyotning muhim asoslaridan biri. U mahsulot va xizmatlarda sifatni taʼminlab, aholiga tanlov imkoniyatini yaratadi. Iqtisodiyotda davlat iştirokini kamaytiriş va monopoliyaga qarşi kuraşiş böyiça körilayotgan çoralardan maqsad ana şu.

2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida hamda unga muvofiq 2019 yil 14 yanvarda qabul qilingan “Davlat aktivlarini boşqariş, monopoliyaga qarşi kuraşişni tartibga soliş tizimini va kapital bozorini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident farmonida şu borada aniq vazifalar belgilangan edi.

Bugungi kunda mamlakatimizda 2 ming 965 ta davlat iştirokidagi korxona mavjud. Ularning aksariyati eski usulda, samarasiz işlamoqda. Uşbu korxonalarning yarmidan köpi hatto dividend tölaş imkoniga ega emas.

2019 yil 11 dekabr kuni Prezident huzurida ötkazilgan yiğilişda uşbu korxonalarni bozor printsiplari asosida isloh qiliş, xususiy investorlarga sotiş böyiça topşiriqlar berilgan edi. Şundan kelib çiqib, respublika böyiça yalpi xatlov ötkazildi.

Yil boşidan beri 299 ta davlat aktivlari 348 milliard sömga sotildi. Yangi investorlar uşbu obʼektlarga jami 3,3 trillion söm investitsiya kiritib, 4 ming 700 nafar yangi iş örinlari yaratiş majburiyatini olgan.

Xususan, sobiq “Çorsu” mehmonxonasi, “Samarqandkimyo” korxonasi, “Özbekiston” mehmonxonasidagi davlat uluşi, Qönğirot soda zavodi sotildi. Bu obʼektlarga 425 million dollar investitsiya kiritilib, 800 ta yangi iş örinlari yaratiladi.

Taqdimotda davlat aktivlarini xususiylaştiriş, böş turgan obʼektlar va yer maydonlarini aniqlaş hamda ulardan samarali foydalaniş, davlat iştirokidagi korxonalarda korporativ boşqaruvni joriy etişga doir rejalar haqida maʼlumot berildi.

Prezidentimiz sohadagi işlarni davom ettirib, yana 1 ming 400 ga yaqin davlat aktivlarini xususiy investorlarga berişni tezlaştiriş zarurligini taʼkidladi. Vazirlar Mahkamasiga xususiylaştiriş dasturini tasdiqlaş vazifasi qöyildi.  

Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga tarmoq rahbarlari bilan birga samarasiz işlayotgan 711 ta korxonani tugatiş, 262 ta korxonani qayta taşkil etiş, şuningdek, 500 dan ziyod bozorlarni xususiylaştiriş böyiça topşiriq berildi. Davlat ixtiyorida saqlab qolinadigan korxonalarni boşqariş va isloh qiliş böyiça yangi tizim joriy etiş muhimligi qayd etildi.

×