Özbek kino va teatr sanʼati oğir judolikka uçradi

Özbek kino va teatr sanʼati oğir judolikka uçradi

Özbekistonda xizmat körsatgan artist Hoşim Arslonov bugun, 29 may kuni 64 yoşida vafot etdi.

Hoşim Arslonov 1956 yilda tavallud topgan. 1977 yilda Toşkent teatr institutini tamomlagan. Bugungaça Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida faoliyat yuritgan.

Kino aktyori sifatida "Ijaraçilar", "Xiyonat", "Singilginam", "Sönggi qönğiroq", "Fidoyilar", "Mening akam böydoq", "Qasos, "Yorim-bezorim", "Haqiqat kuni", "Sözsiz sevgi", "Çavandoz", "Xöja Nasriddin: öyin boşlanyapti", "Alpomiş", "Marğiyona" kabi filmlarda suratga tuşgan.

Italiyaning Iskya şahrida xalqaro kinofestivalda "Uluğbek. Osmon toqiga qöyilgan narvon" filmidagi roli uçun ğoliblikni qölga kiritgan va sovrindor bölgan.

Uning kinodagi sönggi işi 2019 yilda suratga olingan "101-reys" filmi böldi.

Tahririyatimiz nomidan marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.

×