Eksperimental yadro fizikasi sohasida tanilgan olim, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Tolib Musayeviç Möminov joriy yilning 22 dekabr kuni 78 yoşida vafot etdi.
Tolib Möminov 1943 yil 10 yanvarda Samarqand şahrida tuğilgan. Samarqand davlat universitetining fizika fakultetida tahsil olgan.
1992–1995 yillari Samarqand davlat universiteti rektori lavozimida faoliyat olib borgan.
200 dan ortiq ilmiy işlari çop qilingan. 22 nomzodlik va 3 doktorlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilgan.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofoti, “Şuhrat” ordeni bilan taqdirlangan.









