Xitoyda odamsimon robot kino yönalişi böyiça öqişga kirdi

Xitoyda odamsimon robot kino yönalişi böyiça öqişga kirdi

Xitoyda Xueba 01 (“Zör öquvçi”) ismli odamsimon robot ilk bor mamlakatning yetakçi universitetlaridan birining drama va kino yönalişidagi doktorantura dasturiga qabul qilindi. Bu haqda “South China Morning Post” xabar berdi.

Naşrning yozişiça, Xueba 01 Şanxay fan va texnologiya universiteti hamda DroidUp Robotics kompaniyasi hamkorligida işlab çiqilgan. Robot klassik körinişda – közoynak, köylak va şim kiygan holda namoyon bölgan va xitoy tilida muloqot qila oladi.

U tört yillik taʼlim davomida asosan anʼanaviy xitoy operasi yönalişiga ixtisoslaşadi. Xueba 01 allaqaçon virtual talaba guvohnomasini olgan. Uning ilmiy rahbari – şanxaylik maşhur rassom va professor Yan Tsintsin hisoblanadi.

Professorning aytişiça, robot sanʼat bilan boğliq quyidagi sohalarni örganadi:

  • sahna sanʼati;
  • stsenariy yoziş;
  • sahna dizayni (stsenografiya);
  • texnik fanlar.

Rahbarining fikriça, Xueba 01 öqişni tamomlagaç muzey yoki teatrda opera rejissyori, hattoki şaxsiy sanʼat studiyasining asosçisi bölişi mumkin.


×