Namangan viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan karonavirus pandemeyasi davrida aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bölgan ehtiyojini qondiriş, narxlarning asossiz oşib ketişining oldini oliş, bozorlarni talab yuqori bölgan mahsulotlar bilan töldiriş çoralarini köriş borasida bir qator amaliy işlar olib borilmoqda. Bu borada tadbirkorlik subʼektlari örtasida tuşuntiriş işlari ötkazilib, qonuniy faoliyat yuritişlari uçun kömaklaşilyapti. Ammo “guruç kurmaksiz bölmaydi” deganlaridek, bunday qiyin vaziyatda şaxsiy manfaatini közlab qonunni çetlab ötayotganlar ham yöq emas. Şu yilning 18-may kuni Kosonsoy tuman davlat soliq inspektsiyaga kelib tuşgan murojaatda, Kosonsoy şahar, Abdurahmon Jomiy köçasida joylaşgan yakka tartibdagi tadbirkor M.Mga qaraşli savdo dökonida “Möʼtabar” nomi ostida un mahsulotini soxtalaştirib sotilayotgani, nazorat kassa maşinasi kassa çeki berilmayotganligi bayon etilgan.

Murojaatga asosan örganiş ötkazilganda haqiqatdan ham tadbirkor tomonidan kassa çeki berilmayotganligi hamda dökonda kirim hujjatlari va sifat sertifikati mavjud bölmagan “MILL MAX GROUP” MÇJ da işlab çiqarilgan “Möʼtabar” unlarini soxtalaştirib sotayotganligi maʼlum böldi. Tadbirkor bilan suhbat jarayonida mahsulotni Andijon viloyatidan Saydullo ismli şaxs olib kelib berayotganini taʼkidlaydi.

Ötkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Norin tumani, Töda mahalla fuqarolar yiğinida yaşovçi S.Q ismli şaxs tomonidan “KIA” rusumli davlat belgisi 50X687OA yuk avtomaşinasida Kosonsoy şahar “Boğişamol” MFY hudidida 50 kgli “Möʼtabar” unlarini sotayotganligi aniqlanadi va xolislar iştirokida uşbu avtotransport vositasi közdan keçiriladi. Haqiqatda ham fuqaro S.Q tomonidan yuqorida qayd etilgan “MILL MAX GROUP” MÇJ da işlab çiqarilgan “Möʼtabar” unlari qopiga, akasining tegirmonida buğdoydan işlab çiqarilgan qölbola unlarni qadoqlab, har birini 180 ming sömdan sotayotganligi maʼlum böldi. 50 dona jami 4 mln 500ming sömlik noqonuniy un mahsulotlari uçun bayonnoma rasmiylaştirilib, iş qonuniy hal etilgunga qadar daliliy aşyo sifatida vaqtinçalik saqlaş uçun olib qöyildi.

Şu örinda yana bir muloxaza, noqonuniy faoliyat bartaraf etilib, aybdorlar qilmişiga yaraşa jazosini olar. Lekin yillar davomida xalol mehnati bilan xalq eʼtiborini qozoniş yölida faoliyat olib borayotgan korxonalar brendini obrösizlantirilişi tadbirkorlik rivojiga tösiq emasmi?

Viloyat DSB matbuot xizmati









