Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, fuqaro S.S. va S.R.lar oldindan til biriktirib fuqarolarni aldab, Rossiya Federatsiyasi hududiga kirişga ruxsat etuvçi hujjatlarni tanişlari orqali olib berişga işontirib, evaziga har biridan 1 300 AQŞ dollari olib, “Buxoro-Jukovskiy” çarter avia reysiga soxta çiptalarni tayyorlab berib, jami 17 nafar fuqaroning 22 100 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan S.S. va S.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora beriş) va 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.









