1978 yilda Farğona viloyatida tuğilgan, vaqtinça işsiz, muqaddam sudlangan, oilali, ikki nafar farzandning otasi bölgan Şokir Hakimov (maqoladagi ism-familiyalar özgartirildi) firibgarlikning yangiça usulini öylab topdi. Yöq, yöq u yuziga niqob ham taqmadi, internet tarmoqlarida allaqanday kalit sözlardan ham foydalanmadi, balki xuşomadu tilyoğlamalik qiliş yordamida bir neçta ayollarning işonçiga kirdi.
«Sizni ukamga sörab keldim…»
Toşkent şahridagi xususiy korxonalardan biriga kirib kelgan Şokir Hakimov jamğarmada 1-toifali inspektoro vazifasida işlovçi Malika Qanoatovaning yoniga boradi. Dab-durustdan maqsadga ötib bölmasligini yaxşi bilgan Hakimov avval qizga mulozamat körsatib, uning işonçiga kirişga harakat qiladi. Oradan bir neça daqiqa ötib, Şokir taşrifi boisini maʼlum qiladi: «Sizni ukamga kelin qilmoqçimiz. Rostini aytsam, bu yerga kelganimning asl sababi ham şu!» Malikaning yuziga qizillik yugurgani, közlari yer çizayotganidan foydalangan Ş.Hakimov rejaning keyingi qismiga ötadi: «Yöq demasangiz, barmoğingiz ölçamini bilmoqçi edim. Mabodo qölingizdagi mana bu uzukni yeçib, menga berib turolmaysizmi?»
Şokirning gapiga laqqa tuşgan qiz barmoğidagi narxi 800 000 sömlik tilla uzukni yeçib berib, ikki daqiqaga taşqariga çiqqan «sovçi»ning qaytişini kuta boşlaydi. Bu paytda esa tilla uzukni qölga kiritgan Ş.Hakimov allaqaçon voqea joyidan yaşiringan edi.
Bir dona tilla uzuk puli qançaga ham yetardi, yana «ov»ga çiqiş kerak, deya xayol qilgan Ş.Hakimovning keyingi manzili poytaxt markazidagi tibbiyot kliniklaridan biri böldi. U bu yerda şu klinikaning tayanç doktoranti Lola Erkinovani nişonga oladi. Ammo bu safar u qarmoqni çuqurroq taşlaşga ahd qildi. Özini Lolaning hayotidan xabari bor odamdek tutgan Ş.Hakimov unga uning turmuşdan ajraşganini bilişi, oilaviy şaroitidan boxabarligini maʼlum qilib, işonçiga kiradi. Ş.Hakimovning unga uylanmoqçi ekanini eşitgan Lola avvaliga bu gaplarga eʼtibor qilmaydi. Şokirning özi taqib olgan tilla zanjirga öxşaş taqinçoq sovğa qilmoqçi ekanligini eşitgaç, biroz yumşaydi. «Onam taşqarida kutib turibdi. Agar böyningizdagi zanjirni berib tursangiz, ularga körsatib kelardim. Şunga öxşaşini yasattirar edik», deb Lolaning narxi 3 000 000 sömlik tilla zanjirini qölga kiritgan Ş.Hakimov taşqariga çiqqança, qaytib qorasini körsatmaydi.
Ammo bu hali hammasi emas. «Sovçilik» operatsiyasini davom ettirgan Ş.Hakimov Özbek davlat tsirkiga yöl oladi. Biroq uning maqsadi tomoşa köriş emas, balki körsatiş edi.
Öşa kuni u tsirk yaqinidagi gözallik salonida farroş vazifasida işlab kelayotgan Gulnora Niğmatovaning iş vaqti tugaşini kutib turadi. Söng ayolni tsirk binosi taşqarisida töxtatib, uning turmuşga çiqmaganligi, oilaviy şaroitidan xabari borligini aytib, uylanmoqçi ekanini maʼlum qiladi. «Niyatim jiddiy. Agar mayli desangiz, telefoningizdagi rasmlarni anavi yerda meni kutib turgan onamga körsatib kelsam». Soddlagina Gulnora ustasifarang firibgarga çuv tuşganini telefoni qaytib kelmagaç, bildi.
«Turmuşga çiqmagan qizlar bormi?»
Bilasiz, sovçilik jiddiy masala. Ammo şunisi ham borki, korxona yoki taşkilotlarga kimnidir sörab kelişsa, hamma yaxşi niyatda turmuşga çiqmagan qizlar haqida maʼlumot beradi. Afsuski, özini sovçi, deb taniştirganlar orasida Ş.Hakimovga öxşagan firibgarlari ham bor ekan.
Sudda körsatma bergan Ş.Hakimov barçasiga iqror bölib, Toşkent şahridagi turli idoralarga borib, özi uylanmoqçi yoki ukasini uylantirmoqçi bölgan odamdek tutib, turmuşga çiqmagan, oilasidan ajraşgan xotin-qizlar haqida maʼlumot yiqqanini sözlab berdi.
Şokir Hakimov:
Öşa yerda işlovçi ayollar kim hali turmuşga çiqmagani, kimning turmuşi bölmagani töğrisida aytişar, söng ulardan sörab, bilganlarimga köra, qizlar bilan tanişardim. Malika Qanoatovani ukangizga olib bersangiz böladi, deyişgaç, uning yoniga borib, gapga soldim. U bunday masalalarni ota-onasi hal qilişini aytdi. Men undan ota-onasining telefon raqamini oldim. Söng taşqarida onam kutib turganini aytib, özini qanday tutişini kuzatdim. U taşqariga çiqmasligini aytgaç, töy sovğasi sifatida uzuk yassattirmoqçi ekanim, ammo buning uçun uning barmoq ölçami kerakligini maʼlum qildim. Malika uzugini berişga rozi bölmadi. Yana biroz gapga solib, işonçiga kirganimdan söng uzukni qölga kiritdim.
Ş.Hakimovning körsatmasini eşitib, hayron qolasan, kişi, nahot qizlar birinçi marta körib turgan odamiga şunçalik işonişsa? Yo pixini yorgan deganlari şunday bölarmikin-a?
«Körinişidan «afiristga» öxşamasdi»
Jabrlanuvçilardan biri Gulnora Niğmatova qanday qilib, Ş.Hakimovning qarmoğiga ilinganini sözlab berdi.
Gulnora Niğmatova:
Iş vaqtim tugagaç, hamkasbim bilan Çorsu bozoriga boriş uçun taşqariga çiqdik. Bir payt ortimdan kimdir ismimni aytib çaqirdi va menda şaxsiy gapi borligini aytdi. Özini «Izzat» deb taniştirgan Ş.Hakimov yonimga kelib, turmuşga çiqmaganim, oilaviy şaroitim, men haqimda bilganlarini sözlay ketdi. Menga uylaniş niyati borligini aytganida, bu masalani bir özim hal qilmasligimni qatʼiy gapirdim. U esa «Rasmingizni bering, onamga körsataman, sizni yoqtirib qoldim», dedi. Uning samimiy sözlaşi, özini tutişi va ust-boşiga qarab, zarraça ham şubhaga bormadim. Rasmlarim telefonimda ekanini aytganimda, u apparatni berib tursam, sal narida turgan onasiga körsatib, qaytarib olib kelib berişini aytdi.
Sud temir panjarasi begona bölmagan Ş.Hakimov Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan aybli, deb topilib, JKning 57-moddasi qöllangan holda 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Farrux Töraxöjayev Jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tuman sudi sudyasi Dildora Yusufbekova, jurnalist.