Ogoh böling! “Halol” göşt mahsulotida çöçqa DNKsi aniqlandi

Ogoh böling! “Halol” göşt mahsulotida çöçqa DNKsi aniqlandi

Rossiyaning Sverdlovsk viloyati Örta Uralda faoliyat körsatayotgan dökonlarda ötkazilgan tekşiruv davomida “halol” mahsulotlar tarkibida çöçqa DNKsi borligi aniqlandi, deb xabar qildi "Rossiyskaya gazeta".

Taʼkidlanişiça, tekşiruvni jamoat nazorati qömitasi boşlagan. Uşbu qömitaga “halol” mahsulotlar sifatidan norozi bölgan isteʼmolçilar tomonidan bir neça marta murojaatlar kelib tuşgan.

"Rosselxoznadzor" Sverdlovsk markazi direktori örinbosari Irina Toporkovaning sözlariga köra, reyd davomida ommabop göştlar “halol” standartiga muvofiqligi tekşirildi.

Xususan, mutaxassislar kolbasa, çuçvara va kotlet mahsulotlarini tekşirdilar. Natijada, mutaxassislar "halol" göştda çöçqa DNKsining qator namunalarini topişdi.

Şu bilan birga, Çelyabinsk viloyati kompaniyasi soxta mahsulotlar işlab çiqariş böyiça yetakçi böldi.

Hozir mutaxassislar işlab çiqaruvçilar qasddan huquqbuzarlikkka yöl qöyganligi yoki işlab çiqariş texnologiyasiga rioya qilmaslik oqibatida yuz berganini aniqlaşga harakat qilmoqda.

Şu örinda, bozorda soxta “halol” göşt sotgan kompaniyalar 300 ming rublgaça jarimaga tortilişi mumkin.

×