1 noyabrdan Özbekistonda nimalar özgaradi?

1 noyabrdan Özbekistonda nimalar özgaradi?

Joriy yilning 1 noyabridan Özbekistonda qonunçilikka jamiyat hayotiga oid qator yangiliklar kuçga kiradi. “Norma” yangi oy boşidan qonunçilikda kuçga kiradigan asosiy özgarişlar şarhini taqdim etdi.

Mahsulot sifati ustidan nazorat kuçaytiriladi

Içki bozorga sifatli va xavfsiz mahsulot olib kirilişini taʼminlaş uçun:

  • xavflilik darajasi yuqori bölgan ayrim turdagi mahsulotlarni davlat röyxatidan ötkazgandan söng respublika hududiga erkin muomalaga çiqariş tartibi joriy etiladi;
  • Özbekistonning rezidentlariga xavflilik darajasi yuqori bölmagan ayrim turdagi mahsulotlarni akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholaş organlarida muvofiqlik sertifikatini bir marta rasmiylaştirgan holda 24 oy davomida import qilişga ruxsat etiladi;
  • majburiy talablarga nomuvofiq del topilgan mahsulotlar röyxati şakllantiriladi.

Tekşiruvlar soni oşirildi

Tekşiruvlarni elektron röyxatga oliş yagona tizimida röyxatdan ötkaziş orqali vakolatli organni xabardor etiş tartibida ötkaziladigan tekşiruvlar röyxatiga kiritilgan qöşimçalar kuçga kiradi. Yöl qurilişida texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilişi,  suv taʼminoti tizimlari, elektr, gaz tarmoqlariga noqonuniy ulaniş, hisoblaş moslamalari körsatkiçlarini özgartiriş maqsadida ularga taşqaridan aralaşiş holatlari va boşqalar tekşiriladi.

Vaqtida körsatilmagan davlat xizmatlari uçun pullar qaytariladi

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ATda röyxatga olingan şaxslarga, I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) YAIDXP orqali davlat xizmatlarini körsatişda qonunçilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yiğimlar va boşqa har qanday tölovlar böyiça 50% miqdorida çegirma taqdim etiladi;
davlat xizmatlari markazlari, "Litsenziya" AT hamda YAIDXP orqali körsatilayotgan davlat xizmatlari 3 iş kunidan ortiq vaqtga keçiktirilganda, ariza beruvçilarga xizmatdan foydalaniş uçun tölangan davlat bojlari, yiğimlar va boşqa har qanday tölovlarning 50%i ularga bir iş kunida qaytariladi. Ularga tegişli davlat xizmati töliq hajmda körsatiladi.

Nodavlat tibbiyot taşkilotlari uçun xizmatlar röyxati kengaytirildi

Ularga imtiyozli toifaga kiruvçi şaxslarga Davlat byudjeti mablağlari hisobidan respublika ixtisoslaştirilgan köz mikroxirurgiyasi va urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan körsatiladigan tibbiy xizmatlar körsatilişiga ruxsat beriladi.

Quruvçilardan soliqçilar uçun yana bitta hisobot

Quriliş taşkilotlari va quriliş materiallari işlab çiqaruvçi korxonalar foydalanilgan noruda qazilmalar töğrisidagi maʼlumotlarni DSQ tomonidan tasdiqlangan şakllarda soliq organlariga elektron şaklda soliq tölovçilarning şaxsiy kabineti orqali taqdim etişlari kerak böladi.

Yetim bolalar jamğarmalar tomonidan qöllab-quvvatlanadi

Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan “Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni qöllab-quvvatlaş jamğarmalari taşkil etiladi.

Metall prokatiga yangi talablar qöyildi

Quriliş uçun metall prokati işlab çiqaruvçi korxonalarda pölat va tayyor mahsulotlarning har bir partiyasini sifat nazoratidan ötkaziş uçun akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari oçiladi.

Mehnat bozori tadqiqotlari instituti nima bilan şuğullanadi

Institutga quyidagilarni şakllantiriş va yuritiş yuklatiladi:

  • malakali kadrlarga bölgan ehtiyojni baholovçi tizim hamda kasbiy standartlarni va mustaqil malaka baholaşning maʼlumotlar bazasini;
  • mehnat migratsiyasida talab yuqori bölgan kasblar töğrisida yagona maʼlumotlar bazasini.

Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari xodimlarining iş haqi oşirildi

hududida xonadonlar soni mingta va undan ortiq bölgan fuqarolarning özini özi boşqariş organlari xodimlarining oylik lavozim maoşlarini 35%ga oşiriladi;
tuman (şahar) mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimlari huzurida yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari xodimlarini rağbatlantiriş jamğarmasini  taşkil etiladi.

Bir qator imtiyozlar bekor qilindi

Bir qator mahsulotlar uçun bojxona tölovlaridan (QQS va bojxona rasmiylaştiruvi yiğimlaridan taşqari) ozod etiş böyiça imtiyozlarning amal qilişi töxtatiladi. Röyxatga naslli ona baliq, baliq uvildiriği, baliqçilik xöjaliklari ehtiyoji uçun omuxta yem va mineral öğit (ammofos), naslli ona tovuq, parrandaçilik xöjaliklari ehtiyoji uçun parranda ozuqasi, veterinariya preparatlari va boşqalar kiritildi.

×