1 yanvardan Özbekistonda nimalar özgaradi?

1 yanvardan Özbekistonda nimalar özgaradi?

Fuqaroning şaxsini aniqlaş uçun IIBga olib boriş amaliyotidan voz keçiladi, faxriy donorlarga beriladigan mukofot puli köpaytiriladi, Saudiya Arabistoni fuqarolariga Özbekiston hududiga kirişda 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilinadi — qonunçilikdagi şu va boşqa özgartirişlar 1 yanvardan kuçga kiradi.



Qonunçilikda 2023 yil 1 yanvardan boşlab quyidagi özgartiriş va yangiliklar nazarda tutilgan:

“Tibbiyot brigadalari” tarkibiga qöşimça 4 900 ta ştat beriladi

Bolalar hamda homilador va tuğiş yoşidagi ayollarni yanada sifatli tibbiy xizmat bilan töliq qamrab oliş uçun “tibbiyot brigadalari” tarkibiga qöşimça 4 900 ta örta tibbiyot xodimlari (pediatriya hamşirasi va doya) ştatlari ajratiladi. 

Fuqaroning şaxsini aniqlaş uçun içki işlar bölimiga olib boriş amaliyotidan voz keçiladi

Içki işlar organlari faoliyatiga bosqiçma-bosqiç “Ye-patrul” tizimi joriy etilib, fuqaroning şaxsini aniqlaş uçun içki işlar bölimiga olib boriş amaliyotidan voz keçiladi. 

Şuningdek, barça maʼlumotlar joyida planşet orqali tekşirilib, içki işlar organlari patrul-post xizmati xodimlarining faoliyati “bodikamera”dan foydalangan holda amalga oşirilişi yölga qöyiladi.

Advokatlik faoliyatini litsenziyalaş quyidagi ixtisosliklar böyiça amalga oşiriladi 

— fuqarolik va iqtisodiy sud işlarini yuritiş;

— maʼmuriy va jinoiy sud işlarini yuritiş.

Talabgor litsenziya oliş uçun arizani “Litsenziya” AT yoki YAIDXP my.gov.uz orqali elektron yuboradi.

Litsenziya talabgorning doimiy yaşaş joyi böyiça çeklanmagan muddatga beriladi va Özbekistonning butun hududida amal qiladi.

Arizani körib çiqiş uçun BHMning 50 foizi (150 ming söm) miqdorida yiğim undiriladi.

Ipak qurti uruği, tut köçatlari va pilla yetiştiriş, pillani qayta işlaş va tayyor mahsulotlar işlab çiqariş hamda qorakölçilik bilan şuğullanayotgan subʼektlar, qorakölçilik mahsulotlarini qayta işlaş korxonalari va qorakölçilik mahsulotlari işlab çiqaruvçilar uçun közda tutilgan soliq va bojxona tölovlari böyiça imtiyozlar 2026 yil 1 yanvarga qadar uzaytiriladi. 

Faxriy donorlarga beriladigan mukofot puli köpaytiriladi

“Özbekiston Respublikasi faxriy donori” kökrak nişoni bilan taqdirlangan şaxslarga biryöla beriladigan pul mukofoti summasi BHMning 5 baravaridan 15 baravarigaça (1,5 mlndan 4,5 mln sömgaça) oşiriladi. 

Toşkentda jamoat transportida moliyalaştirişning yangi tizimi joriy qilinadi

Toşkent şahrida jamoat transportining yangi tarmoği asosida taşkil etiladigan yönalişlarda taşuvçilarni “bosib ötilgan yöl”, “yölovçi oqimi” va “sifat” mezonlari böyiça bajarilgan işlar hajmidan kelib çiqqan holda moliyalaştirişning yangi tizimi bosqiçma-bosqiç joriy etiladi. 

Köp kvartirali uylarni çiqindi töplaş joylarisiz loyihalaştirişga yöl qöyilmaydi

Yangi quriladigan köp kvartirali uylarni çiqindi töplaş joylarini belgilamasdan loyihalaştiriş hamda foydalanişga qabul qiliş taqiqlanadi.

Şuningdek, yangi quriladigan köp kvartirali uylarning çiqindi töplaş joylari ulardagi kvartiralar soniga mutanosib ravişda hamda atrofdagi mavjud çiqindi töplaş şoxobçalari quvvati hisobga olingan holda loyihalaştiriladi.

Davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid maʼlumotlar majburiy tartibda eʼlon qilib boriladi

Davlat organlari va taşkilotlari tomonidan majburiy tartibda quyidagilar elektron portalga joylaştirib boriladi. 

Narkologik kasalliklarga çalingan şaxslarni majburiy davolaşga yuboriş böyiça barça tibbiy tekşiruvlar narkologiya dispanserlarining özida, zarur hollarda boşqa muassasalarda amalga oşiriladi. 

Narkologiya dispanserlaridagi mavjud koykalar haqidagi maʼlumotlarni real vaqt rejimida oliş imkoniyati yaratiladi

Şuningdek, Respublika ixtisoslaştirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallarining ambulator va statsionar bölimlarida tibbiy psixolog yoki psixoterapevt lavozimlari joriy etiladi.

Fuqarolarga yuridik yordam körsatiş jarayonlarini raqamlaştiriladi

Fuqarolarga yuridik yordam körsatiş jarayonlarini raqamlaştiriş, advokatura sohasini sudlar va huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamda boşqa davlat organlari faoliyati bilan integratsiya qilişni nazarda tutuvçi “Yuridik yordam” axborot tizimi işga tuşiriladi. 

Poyabzal işlab çiqaruvçilar foyda soliğidan ozod qilinadi

Çarm, möyna xom aşyosi va junni qayta tayyorlaş, qoramolni avtomatlaştirilgan tarzda söyiş, jun, qoraköl va sunʼiy çarmdan buyumlar, çarm-attorlik mahsulotlari, poyabzal işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi soliq tölovçilar 2026 yil 1 yanvargaça foyda, aylanmadan olinadigan va mol-mulk soliğini tölaşdan ozod qilinadi.

Saudiya Arabistoni fuqarolariga Özbekiston hududiga kirişda 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilinadi

Bunda ular öz yoki uçinçi mamlakatga uçiş aviaçiptasini taqdim qiliş kerak.

×