1 iyundan nimalar özgaradi?

1 iyundan nimalar özgaradi?

2021 yil 1 iyundan kuçga kiradigan milliy qonunçilikdagi asosiy özgarişlar böyiça norma.uz portali batafsil şarh taqdim etdi.

Quriliş ustidan nazorat joriy qilinadi

Obʼektlardagi quriliş-montaj işlari böyiça şartnoma majburiyatlarining buzilganligi uçun buyurtmaçi foydasiga sud va sudgaça hal qiliş tartibida undirilgan jarima (sanktsiya) va penyalar, şuningdek, xaridlar jarayoni talablari buzilganda, garov, kafolat, zakalat tarzida taʼminlaş uçun kiritilgan davlat xaridlari iştirokçilari mablağlarining 50%i - davlat byudjetiga hamda qolgan 50%i - buyurtmaçi xizmati hisobraqamiga yönaltiriladi;

  • buyurtmaçi xizmatining ştatlar jadvali va taʼminot harajatlari smetasini röyxatdan ötkazişda texnik nazorat mutaxassislari uçun xizmat safari xarajatlarining obʼektlar joylaşgan masofadan kelib çiqib, joriy narxlarda belgilanadi.

Pensiya - soddalaştirilgan tartibda

2005 yildan avvalgi yillar uçun iş staji şaxsning mehnat daftarçasidagi mavjud yozuvlar asosida tasdiqlovçi hujjatlar talab etilmasdan hisoblanadi;

  • uç yil va undan avval tayinlangan, qayta hisoblangan pensiya va nafaqalarni tekşiriş hamda ular böyiça aniqlangan ortiqça tölovni undiriş bekor qilinadi;
  • işlovçi fuqarolar tomonidan işlamaydigan turmuş örtoqlari kelgusida pensiya taʼminotiga ega bölişlari uçun öz daromadlaridan ixtiyoriy ravişda har oyda ijtimoiy soliq tölaş huquqi beriladi;
  • pensiya va nafaqalar fuqaroning xohişiga köra röyxatga olingan doimiy yaşaş yoki vaqtinça turgan joyi böyiça tayinlanadi va tölanadi;
  • pensiya va nafaqalarni naqd pulsiz şaklda oliş uçun arizalar fuqarolar tomonidan Pensiya jamğarmasining tegişli bölimiga murojaat qilmagan holda, tijorat banklari filiallarida bank plastik kartalarini oçiş jarayonida yoki bank mobil ilovalari orqali elektron şaklda rasmiylaştiriladi;
  • pensiyalarni naqd pulsiz şaklda oluvçi şaxslar tomonidan har 6 oyda Pensiya jamğarmasining bölimiga keliş hamda masʼul xodimlar tomonidan joylarga çiqqan holda monitoring ötkaziş majburiyati bekor qilinadi.

 Byurokratiya kamayadi

 Quyidagi tartib örnatiladi:

  • fuqarolarning doimiy (vaqtinça) röyxatdan ötgan joyidan qatʼi nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etiş, nikohlanuvçi şaxslarni tibbiy körikdan ötkaziş va xorijga çiqiş biometrik pasportini rasmiylaştiriş eksterritorial tamoyil asosida amalga oşiriladi;
  • notarial harakatlarni amalga oşirişda FHDYO bilan boğliq barça maʼlumotlar notarial idoralar tomonidan mustaqil ravişda, fuqarolardan ortiqça maʼlumot talab qilmasdan, «FHDYOning yagona elektron arxivi» AT orqali olinadi;
  • tadbirkorlik subʼekti bölgan yuridik şaxslarga davlat xizmatlaridan foydalaniş uçun belgilangan yiğim va davlat boji tölovlarini tölaşda ularning vakili tomonidan naqd pul şaklida tölovni amalga oşirişga ruxsat beriladi;
  • davlat xizmatlari markazlari orqali xizmatlardan foydalanişda jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan ortiqça tölangan tölovlar va davlat xizmatini tezlaştirilgan tartibda körsatiş uçun qöşimça tölangan yiğimlar summasi (tezlaştirilgan tartibda körsatilmagan taqdirda) soddalaştirilgan tartibda Davlat xizmatlari agentligining (keyingi örinlarda – Agentlik) byudjetdan taşqari jamğarmasi mablağlari hisobidan bir iş kuni içida qaytariladi.

  Quyidagilar bekor qilinadi:

  • xorijiy tijorat taşkilotlarining Özbekiston hududidagi vakolatxona xodimini akkreditatsiya qilişda unda OIV kasalligi yöqligi töğrisidagi sertifikatni talab qiliş amaliyoti;
  • davlat xizmatini körsatiş natijasida beriladigan hujjatlar QR-kod (matrik ştrixli kod) qöyiş orqali berilganda ularning dublikatlarini beriş tartibi bekor qilinadi. Uşbu hujjatlar elektron şaklda YAIDXP orqali çeklanmagan miqdorda bepul olinadi;
  • FHDYO organlari tomonidan davlat statistika organlariga dalolatnoma yozuvlarining nusxalarini yuboriş va hisobotlarni topşiriş amaliyoti;
  • huquqni muhofaza qiluvçi organlar, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi va Davlat aktivlarini boşqariş agentligi tomonidan tadbirkorlik subʼektlari töğrisidagi maʼlumotlarni Agentlik va davlat xizmatlari markazlaridan söraş amaliyoti;
  • davlat organlari, xöjalik birlaşmalari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari, davlat taşkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan hamda tadbirkorlik subʼektlaridan quyidagi faktlarni tasdiqlovçi hujjatlarni talab qiliş:
    • ruhiy kasalliklar böyiça dispanser va narkologiya böyiça dispanser hisobida turişi yoki turmasligi;
    • sudlanganlik, fuqaroning nomida şaxsiy uy-joy, soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi;
    • manzil-maʼlumot axboroti va boşqalar.

Uy-joy masalasi

Quyidagilar joriy etiladi:

  • ipoteka krediti böyiça dastlabki badal va foiz tölovlarining bir qismini qoplaş uçun subsidiyalar tölaşning soddalaştirilgan tartibi joriy etiladi, unga muvofiq:

a) fuqarolar tomonidan subsidiya oliş uçun arizalar yil davomida topşirilişi mumkin;

b) subsidiya oliş uçun murojaat qilgan ariza beruvçining daromadlariga u bilan birga yaşamayotgan yaqin qarindoşlarining daromadlari ham kiritilişi mumkin;

v) subsidiya oliş uçun murojaat qilgan ariza beruvçidan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» AT (keyingi örinlarda - Tizim) orqali oliş mumkin bölgan hujjatlarni (maʼlumotlarni) talab qiliş man etiladi;

g) uy-joy sotib oliş uçun subsidiya taqdim etiş töğrisidagi xabarnoma ular berilgan vaqtdan boşlab 12 oy davomida amal qiladi;

  • Toşkent şahrida tajriba tariqasida boşpanasiz, oğir turmuş şaroitiga tuşib qolgan fuqarolarga oylik pul kompensatsiyani tölaş tartibi joriy qilinadi. U Tizimda röyxatga olingan fuqarolarga ijara xarajatlarining bir qismini qoplaş uçun mahalliy byudjet mablağlaridan 6 oy davomida oylik ijara tölovining 50%i miqdorida, biroq 2,5 BHMdan (612 500 söm) oşmagan holda tölanadi.

 Bolalarga vitaminlar - bepul

 Aholining quyidagi toifalari quyidagilar bilan bepul taʼminlanadi:

  • 6-23 oylik bolalar uçun uy şaroitida tayyorlangan ovqatlarni boyitiş maqsadida mikronutriyent kukuni bilan;
  • 6 oylikdan 5 yoşgaça bölgan bolalar «A» vitamini bilan;
  • 2-10 yoşdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi böyiça maxsus preparatlar bilan.

Davlat organlarining funktsiyalarini bajariş xususiy sektorga ötkaziladi 

Davlat organlari va taşkilotlarining içki maʼmuriy-xöjalik faoliyatini taʼminlaş va saqlaş böyiça funktsiyalarini bajariş xususiy sektorga ötkaziladi.

Bunda:

  • Moliya vazirligi olib borilgan tahlillar, samaradorlikni örganiş natijalari va aniq hisob-kitoblari asosida salbiy xulosa berişi mumkin – bunda ularni ötkaziş amalga oşirilmaydi;
  • davlat organlari va taşkilotlari körsatilgan funktsiyalarni özi muassis bölgan davlat korxonalariga yuklay olmaydi;
  • Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmatining (DYHXX) nazariy va amaliy imtihonlarni ötkaziş böyiça faoliyatini töxtatiladi. Bunda IIVga quyidagilar topşirildi:

- haydovçilik guvohnomasini oliş uçun nazariy va amaliy imtihonlarni ötkaziş huquqiga ega bölgan tadbirkorlik subʼektlari hamda davlat xizmatlari markazlari bilan özaro axborot almaşinuvi yölga qöyilişini taşkil etiş çoralarini köriş;

- tadbirkorlik subʼektlarida haydovçilik guvohnomasini oliş uçun ötkaziladigan nazariy va amaliy imtihonlar jarayoni ustidan DYHXX vakilining bevosita yoki onlayn nazoratini taʼminlaş.

«Yoşlar daftari»ga kiritilgan yoşlar qöllab-quvvatlanadi 

«Yoşlar daftari»ga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatini boşlaş uçun bino va inşootlarni ijaraga olgan yoş tadbirkorlarga bir yillik ijara xarajatlarining 30%i, biroq BHMning 25 baravarigaça bölgan (6 125 000 söm) miqdori «yoşlar daftari» jamğarmalari hisobidan kompensatsiya qilinadi;

  • professional taʼlim taşkilotlarida tahsil olayotgan «yoşlar daftari»ga kiritilgan yoşlarga ular işlab-çiqariş yoki xizmat körsatiş korxonalarida amaliyot ötagan vaqtida, biroq 6 oydan köp bölmagan muddatda professional taʼlim taşkilotlari tomonidan Davlat byudjeti mablağlari hisobidan BHMning ikki baravari miqdorida (490 000 söm) har oylik subsidiya ajratiladi;
  •  «Yoşlar daftari»ga kiritilgan yoşlarning xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari böyiça nodavlat taʼlim taşkilotlarida öqiş xarajatlarining 50%i, biroq umumiy hisobda BHMning 5 baravarigaça bölgan miqdori (1 225 000 söm) hamda ular böyiça milliy sertifikatlar oliş uçun ötkaziladigan imtihonlarni topşiriş xarajatlari Yoşlar işlari agentligiga Davlat byudjetidan ajratilgan mablağlar hisobidankompensatsiya qilinadi;
  • «Mehribonlik» uylari tarbiyalanuvçilarihamda «Yoşlar daftari»ga kiritilgan yoşlarning haydovçilik kurslarida öqiş xarajatlari BHMning 4 baravari miqdorigaça (980 000 söm) va safarbarlik çaqiruvi rezervi xizmati badali Davlat byudjetidan Yoşlar işlari agentligiga ajratilgan mablağlar hisobidan qoplanadi;
  • XK va taşkilotlarga işga qabul qilingan hamda faoliyat boşlaganiga 6 oydan oşmagan «yoşlar daftari»ga kiritilgan yoşlarni qayta tayyorlov kurslarida öqitiş bilan boğliq bölgan xarajatlarning BHMning 4 baravarigaça bölgan qismi körsatilgan yuridik şaxslarga davlat byudjetidan Yoşlar işlari agentligiga ajratilgan mablağlar hisobidan kompensatsiya qilinadi;
  • yoşlarga xalqaro IT-sertifikatlarini oliş xarajatlarining 50%gaça bölgan qismi qoplab beriladi.

Tadbirkorlarga - yer, soliqlarni va bojxona tölovlarini bölib-bölib tölaş

Infratuzilmaga yaqin joylarda, şu jumladan respublika ahamiyatidagi yöllarga tutaş bölgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan röyxat böyiça unumdorligi past, foydalanişda bölmagan qişloq xöjaligi yerlarini sanoat va xizmat körsatiş obʼektlarini barpo etiş uçun loyiha asosida investorlarga «E-IJRO AUKSION» savdo maydonçasida elektron onlayn-auktsion orqali ajratişga ruxsat beriladi;

  • 3 yildan ortiq vaqtdan buyon faoliyat körsatayotgan hamda hisoblangan soliqlarni muddatida tölab kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga köra soliq qarzini tölaş imkoniyatiga ega bölmayotgan tadbirkorlik subʼektlariga soliqlarni bölib-bölib tölaş huquqi beriladi;
  • 3 yildan ortiq vaqtdan buyon tovarlarni import qiliş bilan şuğullanayotgan, bojxona tölovlari böyiça majburiyatlarini bajarib kelgan, lekin moliyaviy ahvoliga köra tölovlarni belgilangan muddatda tölaş imkoniyatiga ega bölmayotgan TIFlariga bojxona tölovlarini bölib-bölib tölaş huquqi beriladi.
×