Farğonadagi içki işlar bölimidan 20 yoşli yigitning öligi çiqqani aytilmoqda

Farğonadagi içki işlar bölimidan 20 yoşli yigitning öligi çiqqani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Farğona viloyati Quva tumani içki işlar bölimiga suhbat uçun olib kirib ketilgan 20 yoşli yigitning vafot etgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Postda yozilişiça, Quva (Farğona) da 20 yoşli, soppa-soğ yigitni IIV hodimlari “suhbat qiliş”  uçun olib kirib ketib, öligini olib çiqib bergan. Ölimga sabab qilib, uning “yiqilib tuşgani” körsatilgan.

“Eşitişimça, niqob böyiça jarima qilişmoqçi bölişganda, 20 yoşli bola va IIB hodimlari orasida biroz tortişuv bölibdi. IIB hodimlari yigitning “esini kiritib qöyiş” maqsadida olib kirib ketgan, maʼlum muddatdan keyin “yiqilib tuşib” vafot etgan bolani murdasini olib çiqib berişibdi”, deb yozadi xabar muallifi.

QALAMPIR.UZ voqeaga aniqlik kiritiş maqsadida Farğona viloyati IIB Axborot xizmati bilan boğlandi. Viloyat IIB tez orada hodisa böyiça rasmiy munosabat bildirilişini maʼlum qildi.

Manba: Qalampir.uz

×