Andijon viloyatining Marhamat tumanida öqituvçilarni öquvçilarning ota-onasidan uzr söratiş tuman hokimi Boburjon Yöldoşevning taşabbusi bölgan. Bu haqda Andijon viloyati xalq taʼlimi boşqarmasi boşliği Azizbek Mirkomilovning holat böyiça bildirgan munosabatida maʼlum qilindi.
Uning sözlariga köra, maktab öqituvçilari va ota-onalar yiğilişi Marhamat tumani hokimidan çiqqan taşabbus bölib barça maktablarda ötkazişa topşiriq berilgan. Şu sababdan XTB boşliği tuman hokimining mazkur holat şaxsan böyiça özining munosabat berişini qatʼiy talab qilgan.
Azizbek Mirkomilovning qayd etişiça, viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonov tomonidan ötkazilgan apparat yiğilişida birorta umumtaʼlim maktabi direktorlariga va öqituvçilariga intizomiy çora köriş yoki ularni kamsitiş mumkin emasligi qatʼiy körsatib ötilib, ogohlantirilgan.
Viloyat XTB munosabatida bildirilişiça, bunday yiğilişlar ötkazilişi mumkin emasligi böyiça tuman xalq taʼlimi bölimi mudiri tomonidan, tuman hokimining örinbosariga aytilgan va bu taşabbus mudir tomonidan berilmagan.
“Mazkur holat yuzasidan menga maʼlum bölganidan söng, men viloyat hokimining örinbosariga va tuman hokimiga mazkur mazmundagi yiğilişlar viloyat hokimining va ustozlarning jiddiy eʼtirozlariga sabab bölişini aytganimdan söng, yiğilişlarni ötkazilişi oldi olindi.
Yuqoridagi holatlarni öz vaqtida oldini olmaganim uçun va ustozlarni himoya qilmaganim uçun barçangizdan uzr sörayman!”, degan Azizbek Mirkomilov.









