Toşkent şahri “Buyuk Ipak yöli” metro bekati atrofida joylaşgan içki kiyimlar savdo dökonidagi reklama bannerini tanqid qilgan fuqaro jarimaga tortildi. Bu haqda poytaxt Içki işlar boş boşqarmasi maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro Ş.A. Mirzo Uluğbek tumanidagi “Buyuk Ipak yöli” metro bekati atrofida joylaşgan savdo dökonlaridan birining reklama bannerlarini tanqid qilgan.
Uning munosabatidan keyin mutasaddi rahbarlar reklama mahsulotlarini olib taşlagan. Şundan söng, holat böyiça jamoatçilik keskin fikrlar bildirgan. Hozirda reklama mahsulotlari joyiga qaytarilgan.
Holatni örganiş maqsadida ötkazilgan suhbat davomida fuqaro yuqorida keltirilgan dökondagi reklama bannerlariga nisbatan munosabatini özining diniy qaraşlaridan kelib çiqqan holda bildirganini maʼlum qildi.
Şuningdek, Ş.A. turli diniy mavzudagi materiallarni amaldagi qonunçilikka zid ravişda ijtimoiy tarmoqlardagi şaxsiy sahifasi orqali tarqatib kelayotgani aniqlandi.
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi töğrisida”gi qonunga asosan ötkazilgan profilaktik suhbat davomida mazkur fuqaroga qonunçilik hujjatlari talablari tuşuntirib ötildi.
Xususan, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida”gi qonunning 18-moddasida tadbirkorlik faoliyati subʼektlari huquqlarining kafolatlari belgilangan. Jumladan, tadbirkorlik subʼekti mulk huquqi asosida öziga tegişli bölgan mol-mulkka öz xohişiga köra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Qayd etilişiça, mazkur qonunning 35-moddasiga binoan, tadbirkorlik faoliyati subʼekti öz işçanlik obrösiga putur yetkazadigan maʼlumotlarga raddiya berilişini sud tartibida talab qilişga haqli. Bunday maʼlumotlarga raddiya berilişi bilan bir qatorda ularning tarqatilişi oqibatida yetkazilgan zararning örni qoplanişini va maʼnaviy zarar kompensatsiya qilinişini talab etişga haqli.
“Turmuşda va jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalariga rioya etişda insonlar özlarining şaxsiy diniy va axloqiy qaraşlari orqali boşqalarga baho berişi yoki boşqaça körinişda aralaşişi mumkin emas. Uşbu tartibga qarşi har qanday insonlarning harakati qonun asosida qatʼiy taʼqib qilinadi”, deyiladi xabarda.
Şuningdek, “Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida”gi qonunining 10-moddasiga binoan, mamlakat hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlaş va tarqatiş dinşunoslik ekspertizasining ijobiy xulosasi olinganidan keyin amalga oşiriladi.
Şu munosabat bilan, fuqaro Ş.A.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 184-2-moddasiga (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravişda tayyorlaş, saqlaş, olib kiriş yoki tarqatiş) asosan, bazaviy hisoblaş miqdorining 3 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.









