Mualliflik va turdoş huquqlarni buzib, sport öyinlarini translyatsiya qilgan “Bavaria plaza”, “Guten”, “Dudek”, “Myata”, “Brasserie” va “Woodu” kabi restoranlar Adliya vazirligi tomonidan ogohlantirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Adliya vazirligi tomonidan “Eurasian broadcasting enterprise limited” kompaniyasiga (Buyuk Britaniya) tegişli “Setanta Sports” kanallari ruxsatsiz ommaviy tarzda namoyiş etilişi yuzasidan qonuniy çora köriş töğrisidagi murojaat körib çiqilgan.
Vazirlik tomonidan ötkazilgan tekşiruv natijasiga köra, “Setanta Sports” kanallari “Bavaria plaza”, “Guten”, “Dudek”, “Myata”, “Brasserie” va “Woodu” umumiy ovqatlaniş joylarida huquq egasi yoki boşqa vakolatli şaxs ruxsatisiz foydalanilgani aniqlangan. Holat yuzasidan uşbu subʼektlar qonunçilikda belgilangan tartibda ogohlantirilgan.
“Şu örinda asarlar va turdoş huquq obʼektlaridan umumiy ovqatlaniş joylarida foydalanişda mualliflik va turdoş huquqlarga qatʼiy rioya qilinişini söraymiz”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot uçun, qonunçilikka muvofiq muallif yoki huquq egasi huquqbuzardan zarar qoplanişi örniga bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigaça miqdorda tovon tölaşini talab qilişga haqli hisoblanadi.









