Rossiyada Tojikiston fuqarosi mamlakat prezidenti Vladimir Putinni va Ukrainadagi uruşni tanqid qilgani uçun hibsga olindi. Bu haqda Novosibirskdagi Kalininskiy tuman sudi xabar berdi.
Tojikiston fuqarosi Dalerjon Açilov bezorilik va harbiy “feyk”da ayblanib, tergov izolyatoriga yuborilgan. Tergov maʼlumotlariga köra, u 2022 yil fevralidan 2024 yil martigaça Novosibirskdagi ikkita savdo markaziga taşrif buyurib, “Ukrainadagi uruş maqsadlari, usullari va uning keçişi töğrisida bila turib yolğon maʼlumot bergan”, şuningdek, “Putinning, Rossiya hukumatining harbiy operatsiya ötkaziş töğrisida qarorini qoralagan”.
Bundan taşqari, erkak jamoat joylarida bölganida, bir neça bor “rus ayollarini haqoratlab, qöpol sözlar bilan gapirgan”likda ayblanmoqda. Açilov Rossiyaga 2012 yilda kelgan. 2021 yilda u yaşaş uçun ruxsatnoma olgan va şu yilning fevral oyida Rossiya fuqaroligini oliş uçun ariza berdgan.
“Tojikiston fuqarosi hibsga olinişidan oldin oziq-ovqat bozorida noqonuniy işlagan”, — deya xabar beradi Tergov qömitasi.









