Rasul Kuşerbayev: «Men «yomon» deputatman!»

Rasul Kuşerbayev: «Men «yomon» deputatman!»

Oliy Majlis deputati Rasul Kuşerbayev Içki işlar vazirligining internet tarmoğidagi rasmiy sahifasida tarqatilgan «bosar-tusarini bilmay qolgan deputat» haqidagi videolavhaga öz munosabatini bildirdi.

U şunday yozadi:

Videoni kördik va tegişli xulosalar çiqardik. Beş daqiqalik videoda kamida 13 marta «deputat» sözi tilga olinibdi. «Deputat» fuqaro emas va uning huquqbuzarligiga fuqaro sifatida emas, deputat sifatida baho berilmoqda.

Içki işlar tarğibot yönalişida huquqbuzarlarni fuqaro sifatida emas, jamiyatda egallagan mansab va darajasiga qarab yoritiş böyiça samarali tizim yölga qöyilgan körinadi. Öylaşimça, yaqin vaqtlarda «bosar tusarini bilmaydigan «tadbirkor», «prokuror», «hokim», «soliqçi», «militsiya» kabi videolar ham çiqsa kerak, agar tenglik va ajratiş bölmasa, albatta. Çunki hamma ham odam, xato qilişi mumkin. Köramiz.

Vodiydagi mahalliy Kengaş deputatlarining qilgan huquqbuzarliklarini heç narsa bilan oqlab bölmaydi va men ham öz xizmat vazifasini bajarayotgan içki işlar xodimlariga nisbatan bunday munosabatni toqat qilib bölmas holat, deb bilaman. Deputatmi boşqami hamma qonunga böysunişi şart. Va mana şunday sinovli kunlarda jamiyatda tartibni saqlaş, karantin tadbirlarini taşkil etişda içki işlar xodimlarining katta xizmat qilayotganligini körib bilib turibmiz. Ularga ham osonmas. Ular orasida mening ham köplab döst birodarlarim bor, barçasining otasiga rahmat!

Biroq videodagi holatni bayon etişda barça darajadagi deputatlarga nisbatan şunday baho berişga uriniş bor, göyoki şu yöl bilan «bir xumoridan çiqmoqçi» bölgan kimdir.

Eng qiziği, videoda şifokorlarning yonini olgan Oliy Majlis deputatining «Xalq sözi» gazetasi internet saytida eʼlon qilgan munosabatini umuman kerakmas joyda majburan tiqiştirib tilga olinayotgani kimga va nimaga kerak bölib qoldi? Bular boşqa-boşqa holatku. Bilmadim-u bundan yana bir nimaning hidi kelayapti. Lekin «zakaz» demadim hali.

Oliy Majlis deputatining uşbu munosabatidagi faktlarni menam isbotlaşga tayyorman, odamlar deputatga çiqişi tabiiy, biroq «qöy, karantin vaqtida oğirroq bölaylik, hozir nozik vaqt», deb turibmiz. Ammo kimlardir vaziyatdan foydalanib «toş ot, toş ot» öyini qilayotganligi taʼbni xira qilayapti.

Videoda IIV masʼullari qonunlarni tilga olib, deputatlar ham unga rioya etişi kerakligini qayta-qayta eslatibdi. Bölarkanu mana, buning uçun ularga katta rahmat va fursatdan foydalanib, men ham içki işlar masʼullariga bir narsani eslatib, söramoqçi edim.

Gap şundaki, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 291-moddasida transport vositalarini uşlab turiş asoslari keltirib ötilgan bölib, unda uşbu kodeksning 54-moddasi talablari, yaʼni epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buzganlik uçun transport vositalarini vaqtinça uşlab turiş keltirilmagan. Bundan kelib çiqadiki, joylarda karantinga rioya etmaganlik sababidan avtomobillarni jarima maydonlariga tiqib qöyiş noqonuniydir. U yerda turgan har bir kun uçun tölov ham bor. Negadir bunga köz yumişga harakat qilinayapti. Kodeks bu – qonun. Qaror, topşiriq, buyruqlar qonundan ustunmas.

IIV yuqorida eslatib ötgandek, endi men ham qonunga köra, deputat sifatida bunday qonunbuzilişiga çek qöyişni talab qilib çiqsam, mening qonuniy talabim yo karantin tadbiriga qarşi tarğibot, siyosatga qarşilik, «populizm» degan gaplar bilan bayroq qilinadi. Şunday böxtonlar bilan mendan duşman yasab rahbarlarga kirib yomonlanadi: men hamma narsaga qarşi, tuşunmaydigan, yomon deputatman. Şunday emasmi?

Yöq, endi deputat sifatida menam talab qildim, qonunga barça böysunsin! Zero, içki işlar xodimining ham, deputatning ham qonuniy talablariga buysunmaslik javobgarlikka sabab böladi va fuqarolarning huquqlari buzilişiga olib keladi.

Qani bölmasam, yo qonun talabiga böysunib, noqonuniy harakat qilişga çek qöyaylik yoki noxolis, «populist», öqimagan, yomon deputat, deb mendan «fil» yasaylik.

Aslida şunday kunlarda oğirroq bölaylik, «toş ot, toş ot» qilmaylik deb yurgandim. Adaşibman şekilli, lekin haliyam şu – oğirroq bölaylik.

Talabim natijasini kutaman, – deya öz munosabatini yakunlagan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati.

×