Qirğiziston Boş prokuraturasi hibsga olingan sobiq Prezident Almazbek Atamboyevning vaqtinça musodara qilingan mulklari haqida maʼlumot berdi, deya xabar berdi “Kabar”.
Boş prokuratura Matbuot xizmati maʼlumotlariga köra, Atamboyev işi böyiça tergov davomida 25 ta Qirğiziston banklaridagi mulk, qimmatli qoğoz, aktsiya, hisoblarga taqiq qöyilgan.
Boş prokuratura qaroriga köra, quyidagilar xatlab qöyildi:
- Atamboyev nomida bölgan Toyota Land Cruiser (2000 yilda işlab çiqarilgan); Mitsubishi Pajero (1997); Toyota Land Cruiser (1998); MAN (1993 y); BMW-X53 (2001) avtomaşinalari;
- Alamudun tumani Qöy-Toş qişloğidagi ikkita yer uçastkalari, soğlomlaştiriş markazi,
- Issiqqöl tumanidagi yer uçastkasi;
- Alamudun tumani Araşan qişloğidagi köp yillik örmonzorlar (plantatsiya), yaylov, uy;
- Alamudun va Araşan tumanlaridagi köp yillik örmonzorlar.
Atamboyevning rafiqasi Raisa Atambayeva nomidagi mol-mulk: Toyota Land Cruiser (2004); Mercedes Benz (1994); GAZ-3110 (1999) avtomaşinalar, şuningdek, Bişkek şahridagi Moskva va Novooktyabrsk köçalarida joylaşgan kvartira va uy-joy.
Şuningdek, 10 ta yuridik va jismoniy şaxslar nomida bölgan mol-mulk xatlab qöyildi. Ular içida “Qirğizavtomaş” OAJ, “Media Forum” OAJ, “Aprel-TV”, “Kanal D” teleradiokompaniyasi tahririyati (Kanal Di)” va boşqa korxona nomlari keltirilgan. Xususan, “Qirğizavtomaş”ga tegişli bölgan 106 ta uy-joylar, yer uçastkalar, temir yöllar, savdo markazi, dökon, tsex va omborxona sanab ötilgan.
“Tergov Atamboyevning va uning yaqin qarindoşlarining jinoiy harakatlari natijasida olingan deb taxmin qiliş uçun yetarli asosga ega”, deyilgan prokuratura qarorida.









