Şavkat Mirziyoyev Özbekiston xalqini Navröz bayrami bilan tabrikladi

Şavkat Mirziyoyev Özbekiston xalqini Navröz bayrami bilan tabrikladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida "Yangi Özbekiston" boğida Navröz umumxalq bayrami şodiyonasi bölib ötmoqda. Unda davlatimiz rahbari nutq sözlab, xalqimizni ayyom bilan tabrikladi.

Assalomu alaykum, aziz vatandoşlar!
Muhtaram faxriylar, qadrli yoşlar!
Munis opa-singillar, hurmatli mehmonlar!
Siz, azizlarni, köpmillatli butun xalqimizni qadimiy va hamişa navqiron bayram – Navrözi olam bilan çin yurakdan samimiy muborakbod etaman.
Bugungi munavvar kunni elu yurtimiz bilan tinç va xotirjam kutib olayotganimiz uçun Yaratganga çeksiz şukronalar aytamiz.
Bu yilgi Navröz muqaddas Ramazon oyida, uning tabarruk fazilatlariga uyğun holda ötayotgani bayramga alohida ruh, özgaça fayz va quvonç bağişlamoqda.
Qalblarimiz şodlikka tölgan şunday barokatli kunlarda yurtimiz mömin-musulmonlarini, butun islom ummatini Ramazoni şarif bilan yana bir bor qutlab, jamiki pok niyatlarimiz ijobat bölişini tilaymiz.
Xorijiy mamlakatlarda ona yurt mehri va soğinçi bilan yaşayotgan vatandoşlarimizni ham çin dildan tabriklab, samimiy tilaklarimizni izhor etamiz.
Şunday şukuhli va uluğ kunlar barçamizga muborak bölsin!
Qadrli döstlar!
Navrözi olam 3 ming yillik davlatçiligimiz tarixida özining beqiyos maʼnaviy ahamiyati bilan hamişa alohida eʼtibor topgan buyuk bayramdir.
Uşbu bebaho ayyom haqida bitilgan ilmiy-tarixiy va badiiy asarlar şu qadar köpki, ular haqli ravişda milliy merosimizning ölmas durdonalariga aylangan.
Xalqimiz asrlar davomida oğir va maşaqqatli, sinovli paytlarda ham bu bayramni olijanob tabiati va qadriyatlari bilan asrab-avaylab kelgani çinakam möʼjizadir.
Navrözning betakror gözalligi, insonparvarlik ruhi va teran falsafasi globallaşuv davrida ham butun başariyatni hayratga solayotgani uning azaliy mohiyati va hayotbaxş kuçidan dalolat beradi.
Ayniqsa, insonning tabiat va borliq bilan uyğunligi, yaratuvçanlik iştiyoqi, ğayrat va şijoati, özaro hamjihatlik, mehr-oqibat va saxovat kabi olijanob fazilatlari Navröz timsolida yanada yorqin namoyon böladi.
Navröz kunlarida bobo dehqonlarimiz rizq-rözimiz, dasturxonimiz qut-barakasini öylab, ona zaminga öz mehrini beradi, möl hosil oliş niyatida qattiq bel boğlaydi.
Şu maʼnoda, Mir Alişer Navoiy bobomizning “Dehqonki, dona soçar, yerni yormoq bilan rizq yölin oçar” degan sözlarida çuqur hayotiy maʼno mujassam.
Könglimizda mehnat va ijod, uyğoniş va yaşariş zavqi tobora kuçayib borayotgan mana şunday bahoriy lahzalarda mirişkor dehqon va fermerlarimiz, boğbon va çorvadorlarimizga alohida ehtirom izhor etamiz.
Heç şubhasiz, yuksak bunyodkorlik ruhi Yangi Özbekistonimizda amalga oşirilayotgan ulkan islohotlar va jadal özgarişlarning asl mazmuni va ezgu ğoyalariga hamohangdir.
Bugun mamlakatimizda inson qadrini uluğlaş, ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlaş, aholi daromadlari va turmuş darajasini yuksaltiriş yölida qatʼiy qadamlar qöymoqdamiz.
Yurtimizda köplab zamonaviy sanoat majmualari, infratuzilma va logistika tarmoqlari, avtomobil va temir yöllar barpo etilmoqda.
Biznes, “Ay-ti” va turizm sohalari jadal rivojlanmoqda.
Minglab yangi imorat va uy-joylar, boğça va maktablar, oliygohlar, şifoxonalar, madaniyat va sport maskanlari bunyod etilmoqda.
Şahar va qişloqlarimiz, butun yurtimiz qiyofasi tobora gözal va obod bölib bormoqda.
“Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida diyorimizda yangi ekologik muhit yaratilmoqda.
Har yili millionlab köçatlar ekiş, yaşil boğlar barpo etiş, hayvonot dunyosini asrab-avaylaş, har bir qariç yerdan unumli foydalaniş kabi yuksak ekologik madaniy qadriyatlar kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanmoqda.
“Atrof-muhitni asraş va “yaşil” iqtisodiyot yili” davlat dasturi doirasidagi ulkan işlarimiz bu jarayonlarni yanada yuqori bosqiçga olib çiqişiga aminman.
Maʼlumki, xalqimiz qadimda Navrözni “yil boşi” deb atagan. Biz ham ajdodlarimiz kabi şu ajoyib kunda yaxşi niyatlar qilamiz:
Şarqona Yangi yilimiz qutluğ kelsin, daryolarimiz suvga, omborlarimiz hosilga tölsin!
Bunyodkor quruvçilarimiz, aziz va möʼtabar ustoz-murabbiylarimiz, fidoyi şifokorlarimiz, iqtisodiyotimiz tayançi bölgan ğayratli tadbirkorlarimiz, yurtimiz posbonlari hamişa soğ-omon bölsin!
Oldimizga qöygan baland marralar va uluğ rejalar töliq röyobga çiqsin!
Muhtaram yurtdoşlar!
Navröz – yoşlik va şijoat ayyomidir.
Hayotga katta orzu-umidlar bilan kirib kelayotgan yoşlarimiz Yangi Özbekistonning ilğor va qudratli kuçiga aylanib borayotganiga barçamiz guvohmiz.
Azmu şijoatli, isteʼdodli farzandlarimizning dadil va mardona harakatlari butun dunyoda katta aks-sado berayotgani bizni benihoya quvontiradi.
Bugun mamlakatimizdagi yuqori texnologik korxonalarni boşqarayotganlar – asosan bilimli va malakali yoşlarimizdir.
Tadbirkorlik rivojiga yangi kuç va şiddat berayotgan ham aql-idrokli, serğayrat va işbilarmon öğil-qizlarimizdir.
Sarhadlarimizda doimo sergak turgan askar va ofitserlar ham mard va jasur öğlonlarimizdir.
Ilm-fan, madaniyat, adabiyot va sanʼat sohalarida Vatanimizni dunyoga tarannum etayotganlar ham yoşlardir. 
Xususan, yurtimizni jahonga maşhur qilişda yoş sportçilarimizning alohida örni va hissasi bor.
Xalqimizga har tomonlama munosib bölgan bunday navqiron avlodimizga şon-şaraflar bölsin!
Aziz farzandlarim, sizlar Vatanimiz osmonida yorqin yulduzlar bölib porlaydigan vaqt keldi.
Bu uluğ maqsad yölida mana şu Navröz faslida tavallud topgan Abduxoliq Ğijduvoniy, Bahouddin Naqşband, Mirzo Uluğbek, Zulfiyaxonim, Ozod Şarafiddinov, Abdulla Oripov kabi mutafakkir zotlar sizlar uçun çinakam ibrat namunasidir. 
Yurtimizdagi beqiyos imkoniyatlarni amaliy natijalarga aylantiriş uçun tinimsiz harakat qiling!
Qayerda bölmang, qaysi sohada işlamang, milliy qadriyatlarimizga, özligimizga, Vatanimizga munosib va sodiq böling!
Heç qaçon unutmangki, ortingizda salkam 38 millionlik buyuk xalq, Prezident turibdi. 
Sizlarga doimo omad va zafarlar yor bölsin!
Hurmatli bayram iştirokçilari!
Navrözning betakror sehru jozibasi, eng avvalo, töqqiz yarim mingga yaqin mahallamizda ötkazilayotgan xalq sayillarida, bayram tantanalarida öz ifodasini topadi.
Köp ming yillik anʼanalar va zamonaviy qadriyatlarimizni özida mujassam etgan mahalla tizimining hayotimizdagi örni va taʼsiri tobora ortib bormoqda.
Ayniqsa, turli muammo va masalalarni mahallaning özida hal etayotganimiz islohotlarimiz xalqçilligi va natijadorligini keskin oşirmoqda.
Zero, yoşlar tarbiyasi, osoyiştalikni taʼminlaş, kambağallikni qisqartiriş, aholini tadbirkorlikka jalb etiş, ijtimoiy himoya va xotin-qizlar faolligini kuçaytiriş, ekologiya va obodlik kabi biri-biridan muhim vazifalar mahalla yettiligi tizimi orqali samarali yeçim topmoqda.
Maʼlumki, bu yil yurtimizda mahalla raislari saylovlari bölib ötadi.
Xalqimiz uşbu masʼuliyatli jarayonda fidoyi va vatanparvar yurtdoşlarimiz uçun ovoz beradi, deb işonaman.
Mahallalarni har tomonlama rivojlantiriş bundan buyon ham eʼtiborimiz markazida böladi.
Fursatdan foydalanib, ertaga – 22 mart kuni mamlakatimizda keng nişonlanadigan Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan barça yurtdoşlarimizni, mahalla faollarini samimiy tabriklab, ularning şarafli faoliyatida ulkan yutuqlar tilayman.
Qadrli vatandoşlar!
Navröz azaldan xalqimizning milliy va umumbaşariy qadriyatlarga, dunyoviy davlat tamoyillariga, bağrikenglik, çin döstlik va hamkorlik ğoyalariga sodiqligining yaqqol ramzidir.
Bu ayyom yurtimizdagi barça millat va elat vakillari uçun sevimli, tom maʼnoda umumxalq bayramiga aylangan.
Mana şu quvonçli lahzalarda butun xalqimizga murojaat qilib aytmoqçiman:
bizning kuçimiz – birlik va ahillikda,
qudratimiz – Vatanga mehr va sadoqatda,
yutuğimiz – özimizga bölgan yuksak işonçimizda!
Navröz Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tomonidan xalqaro bayram sifatida eʼtirof etilgani bizga alohida mamnuniyat bağişlaydi.
Navrözi olam hozirgi kunda barça elu elatlarni, jumladan, Markaziy Osiyo xalqlarini yanada jipslaştirmoqda.
Bugungi imkoniyatdan foydalanib, bepoyon mintaqamizda yaşayotgan jamiki sof niyatli insonlarni el-yurtimiz nomidan qizğin tabriklayman.
Tom maʼnoda döstlik, qardoşlik va hamkorlik makoniga aylanayotgan mintaqamiz hamişa tinç bölsin, hamişa gullab-yaşnasin!
Şu örinda mintaqamizning hurmatli ziyolilari, ilm-fan, madaniyat, sanʼat va adabiyot namoyandalariga murojaat qilib aytmoqçiman.
Aziz döstlar, sizlar noyob isteʼdodingiz, aql-tafakkuringiz bilan azaliy qardoşligimizni, muştarak qadriyat va urf-odatlarimizni, ezgu intilişlarimizni tarannum etadigan asarlar yaratib, yoşlarimizni ayni şu ruhda tarbiyalaşga hissa qöşsangiz, xalqlarimiz sizlardan albatta minnatdor böladi.
Bunday barkamol ijod namunalari bugungi tahlikali davrda ellarimiz, ayniqsa, yoş avlodlarimizga mustahkam maʼnaviy qalqon bölib xizmat qilişi şubhasiz.
Şu oy oxirida qadimiy Xöjand şahrida Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston yetakçilarining uç tomonlama uçraşuvi mana şu yölda yana bir amaliy qadam böladi, deb işonaman.
Fursatdan foydalanib, bugungi bayramimizda iştirok etayotgan xorijiy davlatlarning muhtaram elçilarini, barça diplomatik korpus va xalqaro taşkilotlar vakillarini XALQARO Navröz kuni bilan samimiy qutlaymiz.
Mamlakatlaringiz va xalqlaringizga döstlik salomini yöllaymiz.
Muhtaram vatandoşlar!
Uşbu unutilmas, dilbar lahzalarda siz, azizlarni, barça-barça yurtdoşlarimizni Navröz bayrami bilan yana bir bor qutlayman.
Har bir xonadonga, butun yurtimizga tinçlik, baxtu saodat va fayzu baraka tilayman!
Qadriyatlaring boqiy bölsin, Navröz!
Navrözi olam muborak bölsin!


Teglar:
×