Mirziyoyev Özbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

Mirziyoyev Özbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

8 iyul kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qurbon hayiti munosabati bilan Özbekiston xalqiga tabrik yölladi. Tabrik matni bilan quyida tanişişingiz mumkin.

Muhtaram vatandoşlar!

Mana şu fayzli damlarda Yer yuzidagi jami musulmon ummati qatori qalbi şukuhga tölib turgan siz, azizlarni – nuroniy otaxon va onaxonlarimizni, qadrli aka-uka va opa-singillarimizni, navqiron yoşlarimizni, iymon-eʼtiqodli xalqimizni uluğ ayyom – Qurbon hayiti bilan çin qalbimdan samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

Uşbu saodatli onlarda hammamiz avvalo Iyd al-adho bayramiga el-yurtimiz bilan birgalikda tinçlik-omonlik va sihat-salomatlikda yetkazgani uçun Yaratganga çeksiz şukronalar aytişimiz tabiiydir.

Barçamizga ayonki, islom dini avvalo tinçlik, ezgulik va insoniylik dinidir.

Muqaddas Qurʼoni karimning yuzdan ortiq oyatlarida tinçlikka çaqirilgan, xususan, “Baqara” surasida: “Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga tinçlik işiga kirişingiz!” – deya marhamat qilingan.

Hozirgi ğoyat murakkab va tahlikali zamonda tinçlik va osoyiştalikning qadriga yetiş, uni köz qoraçiğidek asrab-avaylaş va mustahkamlaşdek ötkir talablar yurtimizda yaşayotgan har bir mömin-musulmon, har bir inson uçun har qaçongidan ham dolzarb bölib turibdi, desak, ayni haqiqatni aytgan bölamiz.

Işonamanki, bu ezgu va muqaddas vazifa Özbekistonda yaşayotgan har bir fuqaroning qalb daʼvati va insoniy burçiga aylanib, mustaqilligimizni mustahkamlaş, xalqimizning tinç, erkin va farovon hayotini, farzandlarimizning yoruğ kelajagini taʼminlaş yölida muhim omil bölib xizmat qiladi.

Hurmatli döstlar!

Alloh taolo tomonidan aziz va mukarram qilib yaratilgan insonni, uning şaʼni, qadr-qimmati va hurmatini uluğlaş kabi muqaddas tuşunçalarni özida aks ettirgan uşbu bayram yurtimizda inson qadrini yuksaltiriş, xalqimizni hayotdan rozi qiliş borasida olib borayotgan keng kölamli islohotlarimizning maʼno-mazmuniga har tomonlama uyğun va hamohang ekani bilan ham ayniqsa eʼtiborlidir.

Keyingi yillarda mamlakatimizda milliy-diniy qadriyatlarimizni tiklaş va rivojlantirişga har tomonlama eʼtibor qaratilmoqda. Tabarruk ziyoratgoh va qadamjolar, köhna masjid va madrasalarni obod qiliş, buyuk ajdodlarimizning bebaho maʼnaviy-maʼrifiy merosini çuqur örganiş va keng tarğib etiş borasida olib borayotgan işlarimiz xalqimiz va dunyo jamoatçiligi tomonidan eʼtirof etilayotgani barçangizga yaxşi maʼlum.

Ayniqsa, fuqarolarimizning diniy eʼtiqod borasidagi huquq va erkinliklari töla taʼminlanib, mömin-musulmonlarimiz ibodat amallarini emin-erkin bajarmoqdalar.

Bu haqda söz yuritganda, ikki yillik koronavirus pandemiyasi çeklovlaridan söng bu yil 12 ming vatandoşimiz muqaddas haj amallarini bajariş imkoniga ega bölgani, keyingi 6 oyda 40 mingga yaqin yurtdoşimiz umra ziyoratini ado etganini taʼkidlaş lozim.

Sönggi yillarda şakllangan ezgu anʼanamizga muvofiq, Qurbon hayiti munosabati bilan eʼlon qilingan dam oliş kunlari yurtdoşlarimizga bu ayyomni öz oilasi va yaqinlari bağrida yanada mazmunli ötkaziş, gözal va betakror yurtimiz böylab köngilli sayohatlarni amalga oşiriş uçun qulaylik yaratadi.

Biz tabarruk dinimiz va ölmas qadriyatlarimiz, özaro hurmat, mehr-muruvvat, saxovat va hamjihatlik, sabru qanoat va şukronalik singari uluğ fazilatlarni mustahkamlab kelayotgan muborak Qurbon hayitining barhayot anʼanalari asrlar oşa insonlarni, turli xalqlar va elatlarni birlaştiruvçi beqiyos maʼnaviy kuç bölib xizmat qilayotganidan faxrlanamiz.

Fursatdan foydalanib, dunyoning olis va yaqin mamlakatlarida yaşayotgan musulmon döst va birodarlarimizni, xorijiy hamkorlarimizni uşbu möʼtabar ayyom bilan qutlab, ularga bardavom tinçlik, ravnaq va farovonlik tilaymiz.

Aziz yurtdoşlar!

Barçangizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor tabriklayman.

El-yurtimizning bu muborak oyda qilgan ibodatlari, ezgu niyatlari ijobat bölsin!

Alloh taolo gözal diyorimizni, olijanob va bağrikeng xalqimizni hamişa öz panohida asrasin!

Aziz Vatanimizda tinçlik va barqarorlik hamişa bardavom bölsin!

Ezgu işlarimiz, intilişlarimizda Yaratganning Özi doimo madadkor bölsin!

Şavkat Mirziyoyev

Özbekiston Respublikasi Prezidenti

×