“Qamçiq” dovonida sodir bölgan YTHda 2 kişi vafot etdi

“Qamçiq” dovonida sodir bölgan YTHda 2 kişi vafot etdi

Keça, 31 iyul kuni “Toşkent-Vodiy” yölida yuk maşinasi tormozi işlamay qolişi oqibatida sodir bölgan yöl-transport hodisasida ikki kişi halok böldi. Bu haqda Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, voqea soat 16:00 larda A-373 Toşkent-Öş avtomobil yölining 242-kilometrida yuz bergan. “Toşkent-Vodiy” yönalişida harakatlangan yuk maşinasi boşqaruvni yöqotib, yöl örtasidagi beton tösiqqa urilgan va qarama-qarşi yönalişga ötib ketib, Cobalt va Matiz avtomobillari bilan töqnaşgan.

YTH oqibatida Matiz va yuk maşinasi jarlikka tuşib ketgan. Ikki nafar fuqaro voqea joyida halok bölgan.

FVV qutqaruvçilari maxsus texnikalar yordamida har ikki avtomobilni çuqurlikdan olib çiqib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etgan.

“Hozirda tegişli taşkilot xodimlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Teglar:
×