Tashkent City bugundan yana oçildi

Tashkent City bugundan yana oçildi

Tashkent City boği yana öz darvozalarini oçmoqda, keçqurunlari musiqiy favvora ajoyib namoyişlarini boşlaydi, deb xabar bermoqda loyihaning "Instagram" sahifasida.

"20-maydan boşlab, Tashkent City sayilgohi yana mehmonlarni kutib olişga tayyor. Gulli daraxtlar, ajoyib boğlar va qiziqarli suhbatlar uçun keng örindiqlar yana barça taşrif buyuruvçilar uçundir. Kunning şovqinini unuting va dekorativ favvoralar oldida, suvning mayin ohangida şaharning yaşil tusga kirgan markazini kuzatib dam oling", - deyilgan xabarda. 

Eslatib ötamiz, sayilgohning baʼzi bir majmualari, jumladan, bolalar öyin maydonçalari, planetarium, maşhurlar muzeyi va restoranlar vaqtinça yopiq va öz iş faoliyatini birozdan söng davom ettiradi. Sayilgohning iş vaqti: 10:00 dan 20:00 gaça.

Sayilgohga barça taşrif buyuruvçilar tibbiy niqob taqib yurişi va özaro masofani saqlaşi lozim. Ikki kişidan ortiq guruhlarga kiriş maʼn etiladi, oilaviy taşriflar bundan mustasno.

×