Bugun, 25 yanvardan boşlab CHEVROLET TRACKER krossoveri örnini yangi avlod TRACKER maşinasi egallaydi. Bu haqda UzAutoMotors kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, yangi TRACKER taşqi qiyofasi yanada jozibali bölib, xaridorlar uçun eng muhim bölgan jihatlarni özida mujassamlaştirgan:
– zamonaviy dizayn
– xavfsizlik
– qulaylik
– samaradorlik
– tejamkorlik.
“Yangi TRACKER bilan tanişilgandan söng, uning zamonaviy, yuqori texnologiyali, dinamik va tejamkor avtomobil ekanligiga, şu bilan birga uning taşqi va içki qiyofasi sönggi stilistik yeçimlarni özida jamlaganligiga heç qanday şubha qolmaydi.
Yangi TRACKER panorama lyuk, LED çiroqlar va 8 dyuymlik sensorli ekranga ega bölgan audio tizim bilan jihozlangan. Dinamik töxtaş çiziqlariga ega orqa kamera, katta siğimli yukxona va sayohatingiz xavfsiz va maroqli ötişi uçun möljallangan boşqa köplab qulayliklar maşinani boşqarişingizda sizga huzur bağişlaydi.
Işonçimiz komil, yangi model sizning didingizga mos keladi va şu bilan birga quyidagi texnik xususiyatlar sizga avtomobil boşqarişda yanada zavq bağişlaydi:
– zamonaviy uç tsilindrli Ecotec turbomotor;
– aralaş tsikldagi yoqilği sarfi 5,5 l / 100 km, quvvati 123 ot kuçi;
– 6 poğonali avtomatik uzatmalar qutisi;
– kalitsiz salonga kiriş va dvigatelni işga tuşiriş;
– yoqilği sarfini tejaşga möljallangan “STOP-START” intellektual tizimi;
– yangilangan va katta hajmli yukxona.
Yangi TRACKER 2021 yilning 25 yanvar sanasidan boşlab quyidagi komplektatsiyalarda, CHEVROLET standartlari talablariga töliq javob beradigan dilerlik markazlarida xarid qilişingiz mumkin:
– boşlanğiç komplektatsiya: 145 130 000 sömdan boşlanadi;
– LT komplektatsiya: 193 043 478 söm.
Narxlar QQSsiz körsatilgan.
Boşlanğiç komplektatsiyadagi avtomobilni sotib oliş istagini bildirgan xaridorlar dilerlik taşkilotlari yoki info@uzautomotors.com elektron manziliga sörov qoldirişlari lozim. Yetarli miqdordagi sörovlar jamlanganidan söng, kompaniya uşbu avtomobillarni xaridorlarga yetkazib berilişini taʼminlaydi.

















