Namangan City`ni kimlar qurişi maʼlum böldi

Namangan City`ni kimlar qurişi maʼlum böldi

Keyingi yillarda Özbekiston şaharlarida qad rostlayotgan körkam binolar soni ortib bormoqda. Çunonçi, poytaxt Toşkentda Tashkent City loyihasining quriliş işlari izçillik bilan olib borilayotgan bir paytda Namangada ham şunga öxşaş loyiha 78 gektar yer maydonda barpo etiladigan böldi. 

Keça, 18 oktyabr kuni Namangan viloyati hokimligi hamda Saudiya Arabistonining “Alqusaier company” kompaniyasi örtasida Namangan şahrida Namangan City işbilarmonlik markazi qurilişi loyihasini amalga oşiriş böyiça anglaşuv memorandumi imzolandi.

Viloyat hokimi Hayrullo Bozorov hamda “Alqusaier company” boş direktori Abdul Aziz al-Kusayr tomonidan imzolangan Memorandumga köra, Namangan şahrida 78 gektar maydonda barpo etiladigan Namangan City işbilarmonlik markazidan biznes-markaz, zamonaviy savdo majmualari, 3 va 4-5 yulduzli mehmonxonalar, ofislar, konferentsiyalar saroyi, körgazma zallari, turar-joylar va villalar, maktab, bolalar boğçasi, restoranlar va boşqa ijtimoiy soha obʼektlari örin oladi.

Loyihani moliyalaştiriş tölaligiça “Alqusaier company” kompaniyasi mablağlari hisobidan amalga oşiriladi. 

Viloyat hokimiyati Namangan City faoliyati uçun zarur bölgan infratuzilma (elektr energiyasi, gaz va suv taʼminoti, kanalizatsiya, kiriş yöllari va boşqalar) bilan taʼminlaşga doir masalalarni hal etadi hamda loyihani amalga oşiriş uçun kerakli ruxsatnomalarni olişda va loyihani amalga oşiriş va foydalaniş davrida malakali kadrlar bilan taʼminlaşga kömaklaşadi.Akbarjon Abduraimov

×