Bloger va jurnalist Nikita Makarenko Tashkent City’da xorijlik hamkasbi bilan tasvirga oliş çoğida xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan videokameradan foydalaniş böyiça çeklov qöyilgani, çeklovga böysunmay tasvirga olişda davom etganligi haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida tanqidiy fikrlarni qoldirgan edi. Toşkent şahar Turizmni rivojlantiriş departamenti uşbu holat yuzasidan izoh berdi.
«Tashkent City boğida foto va video kameralardan şaxsiy maqsadlarda (tijorat maqsadlari bundan mustasno) foydalanişga ruxsat etilgan.
Agar taqiqlanganida, maxsus belgilar bilan çeklangan va xavfsizlik xizmati xodimlari heç qanday omilga qaramasdan kameradan foydalanişga yöl qöymagan bölar edi.
Tashkent City boğiga yuz minglab mehmonlar taşrif buyurayotgani va tasvirga oliş imkoniyati böyiça şikoyat ilk bora tuşayotganligini (blogerning izohlarida ham foydalanuvçilar çeklovlarsiz foto va videolarni amalga oşirganliklari töğrisida fikrlarni qoldirganlar), qolaversa, yuqoridagi holatda direktsiya vakillari şaxsan iştirok etmaganligiga qaramasdan, Tashkent City direktsiyasi öz xodimlari va xizmatçilari bilan qöşimça yöriqnoma ötkazişini maʼlum qiladi.
Tashkent City direktsiyasi OAV va turli taşkilotlar matbuot xizmatlariga hamişa oçiqligi va erkin ravişda foto va video tasvirlarni amalga oşiriş, maʼlumotlar oliş imkoniyatini keng ravişda yaratib berişini taʼkidlab ötadi», — deyiladi xabarda.









