Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 19 may kuni tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar böyiça videoselektor yiğilişi ötkazilgani haqida xabar bergandik.
Yiğilişda davlat rahbari tadbirkorlar huquqlari kafolatlari va mulk daxlsizligini taʼminlaş masalasiga töxtalib, hokimlarni qattiq ogohlantirdi.
Şuningdek, prezident mahsulot, uskuna, xomaşyo hamda aylanma mablağlar uçun kredit olişda tadbirkorlarga örnatilgan barça çeklovlar olib taşlanişi kerakligini taʼkidladi. Markaziy bankka kiçik biznes va oilaviy tadbirkorlik subʼektlariga kreditlar beriş şartlarini soddalaştiriş böyiça topşiriq berildi.
Mahsulotlarga talabni yaratiş uçun savdo faoliyatini rağbatlantiriş, aholining isteʼmol qobiliyatini oşiriş maqsadida isteʼmol kreditlari berişni kengaytiriş lozimligi qayd etildi.
Yiğilişda tijorat banklari oldidagi vazifalarga ham töxtalib ötildi.
Xalq qabulxonalari va Boş vazir qabulxonalariga kelgan murojaatlarning 55 foizi bank kreditlari bilan boğliqligi bu boradagi muammolar kölamini körsatadi. Şuningdek, bank xizmatlari böyiça tadbirkorlar murojaatlari Milliy bankda 10 foiz, Mikrokreditbankda 11 foiz, Agrobankda 13 foiz ijobiy hal qilingan, xolos.
Prezidentimiz bank faoliyatiga mijozlarga xizmat körsatiş sifatiga qarab baho berilişini alohida qayd etdi.
Tijorat banklari kiçik biznes rivojida muhim böğin ekani, har bir tumandagi «ösiş nuqtalari»ga mablağ yönaltirib, tadbirkor va fuqarolarni qöllab-quvvatlaşi zarurligi taʼkidlandi.
Yiğilişda tadbirkorlar bilan işlaşda sustkaşlikka yöl qöygan ayrim tuman va şahar hokimlarini vazifasidan ozod qiliş böyiça körsatma berildi.
Mutasaddilar yiğilişda muhokama qilingan masalalar ijrosini taşkil etiş yuzasidan axborot berdi.









