Barça darajadagi rahbarlar va hokimlar Konstitutsiyaning 53-moddasi va “Xususiy mulkni himoya qiliş va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari töğrisida”gi qonun talablariga sözsiz rioya qilişlari şartligi haqida qatʼiy ogohlantirilgan.
Bu haqda prezident keça imzolagan qarorda söz boradi. Unga köra, davlat tasarrufidan çiqariş va xususiylaştiriş natijalari, obʼektlar qiymatini baholaş natijalarini qayta körib çiqiş va bekor qiliş masalalari yuzasidan davlat organlari, şu jumladan, nazorat, huquqni muhofaza qiluvçi organlar va sudlar tomonidan taşabbus bilan çiqiş xususiy mulkning daxlsizligini buziş sifatida baholanadi. Bunday işlar körib çiqiş uçun qabul qilinmaydi.
Boş prokuratura xususiy mulkni himoya qiliş ustidan nazoratni kuçaytiradi. Davlat tasarrufidan çiqariş va xususiylaştiriş natijalarini qayta körib çiqiş va bekor qiliş taşabbusi bilan çiqqanlik uçun mansabdor şaxslarning muqarrar javobgarligi jinoiy javobgarlikka tortişga qadar oşiriladi.









