Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 19 may, seşanba kuni tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar böyiça videoselektor yiğilişi ötkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident mahsulot, uskuna, xom aşyo hamda aylanma mablağlar uçun kredit olişda tadbirkorlarga örnatilgan barça çeklovlar olib taşlanişi kerakligini taʼkidladi. Markaziy bankka kiçik biznes va oilaviy tadbirkorlik subʼektlariga kreditlar beriş şartlarini soddalaştiriş böyiça topşiriq berildi.
Taʼkidlanişiça, pandemiya oqibatlarini yumşatiş doirasida «Har bir oila — tadbirkor» dasturiga ajratilgan 1 trillion söm kredit mablağlarini qaytariş muddati uzaytirildi. Şu bois, uşbu dasturni töliq amalga oşiriş uçun Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi hisobidan 100 million dollar resurs ajratildi.
Mahsulotlarga talabni yaratiş uçun savdo faoliyatini rağbatlantiriş, aholining isteʼmol qobiliyatini oşiriş maqsadida isteʼmol kreditlari berişni kengaytiriş lozimligi qayd etildi.
«Xalq qabulxonalari va Boş vazir qabulxonalariga kelgan murojaatlarning 55 foizi bank kreditlari bilan boğliqligi bu boradagi muammolar kölamini körsatadi. Şuningdek, bank xizmatlari böyiça tadbirkorlar murojaatlari Milliy bankda 10 foiz, ‘Mikrokreditbank’da 11 foiz, ‘Agrobank’da 13 foiz ijobiy hal qilingan, xolos», — deyiladi xabarda.
Prezident bank faoliyatiga mijozlarga xizmat körsatiş sifatiga qarab baho berilişini alohida qayd etdi.
Tijorat banklari kiçik biznes rivojida muhim böğin ekani, har bir tumandagi «ösiş nuqtalari»ga mablağ yönaltirib, tadbirkor va fuqarolarni qöllab-quvvatlaşi zarurligi taʼkidlandi.
Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev 18 may kuni pandemiya şaroitida tadbirkorlar va aholini qöllab-quvvatlaş böyiça navbatdagi farmonni imzolagandi.









