Şavkat Mirziyoyev karantin çeklovlarini yumşatiş borasida topşiriq berdi (video)

Prezident quriliş va infratuzilma tarmoqlari korxonalarining töliq işlaşini taʼminlaş masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi.

Hozirgi pandemiya paytida işsizlar, yordam va kömakka muhtoj aholi soni ortişi tabiiy. Turli mamlakatlar kasallikka qarşi kuraşiş barobarida iş joylarini saqlab qoliş va iqtisodiyotni keskin tanazzulga uçramasligi uçun bor imkoniyatlarni işga solmoqda.

▪️Butun dunyoda bölgani kabi bu murakkab jarayon Özbekistonni ham çetlab ötayotgani yöq. Albatta, xalqimizni taʼminlaş uçun ham, iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaş uçun ham mamlakatimizning zaxiralari va imkoniyatlari yetarli.

? Şu bois Prezidentimiz xalqimizning tarixiy va maʼnaviy qadriyatlarini, mehr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarini inobatga olgan holda, “Saxovat va kömak” umumxalq harakatini yölga qöyiş taşabbusini ilgari surdi.

— Yaqin kunlarda barçamiz uçun muqaddas bölgan Ramazon oyi kirib keladi. Bu oyda ehtiyojmand va muhtoj oilalarga yordam körsatiş ham qarz, ham farzdir. Şuning uçun uşbu muqaddas oyda har bir tadbirkor özi faoliyat yuritayotgan hududda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini, avvalo mahalladoşlari, qöni-qöşnilarini faol qöllab-quvvatlaşi maqsadga muvofiq, — dedi davlatimiz rahbari.

? Mavzuni davom ettirar ekan, davlatimiz rahbari Respublika komissiyasiga koronavirus umuman aniqlanmagan yoki epidemiologik vaziyat yaxşilangan viloyat, tuman va şaharlarda karantin çeklovlarini bosqiçma-bosqiç yumşatiş çoralarini köriş böyiça topşiriq berdi.

Faoliyati tiklanadigan obʼektlarda işlar sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda taşkil etiladi.

×