Şavkat Mirziyoyev kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlikni yakunlaş böyiça körsatmalar berdi

Şavkat Mirziyoyev kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlikni yakunlaş böyiça körsatmalar berdi

Bugun, 18 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida içimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimini takomillaştiriş, kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlarini jadallaştiriş masalalari böyiça videoselektor yiğilişi ötkazildi.

Kommunal tarmoqlarning barqaror faoliyati aholi turmuş sifatini taʼminlaydigan eng muhim omillardan. Şu bois davlat tomonidan bu masalaga doimiy eʼtibor qaratib kelinmoqda. Joriy yil 17 iyul kuni ötgan videoselektor yiğilişida sohadagi muammolar muhokama qilinib, işni yangiça tartibda taşkil etiş böyiça körsatmalar berilgan edi.

Şunga muvofiq, içimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimidagi loyihalarni tayyorlaş, amalga oşiriş va monitoring qiliş, şuningdek, tariflarni belgilaşni mahalliy kengaşlar bilan kelişiş tartibi joriy qilinmoqda.

Misol uçun, Olmaliqdagi içimlik suvi taʼminoti korxonasiga qaraşli 52 ta nasos yangilanişi natijasida korxonaning umumiy xarajati 22 foizga, elektr energiyasi sarfi 2 baravarga qisqargan. Şahar aholisi sifatli içimlik suvi bilan uzluksiz taʼminlanmoqda. Xuddi şuningdek, sönggi 3 yilda amalga oşirilgan loyihalar natijasida Guliston şahrining içimlik suvi taʼminoti masalasi ham töla hal böldi.

Yiğilişda Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligiga uşbu tajriba asosida kelgusi yil uçun möljallangan 28 ta yangi loyihani mahalliy kengaşlar bilan kelişiş vazifasi qöyildi. Şuningdek, joriy yilda yakuniga yetkaziladigan 360 ta loyihani qabul qilib oliş böyiça topşiriq berildi.

Hisob-kitoblarga köra, qariyb 2 mingta aholi punktiga markazlaşgan suv yetkazib beriş texnik jihatdan ham, iqtisodiy jihatdan ham maqsadga muvofiq emas. Şu bois bunday hududlarni xususiy sektor orqali suv bilan taʼminlaş maʼqul kelmoqda.

Misol uçun, Özbekiston tumanida ijtimoiy şeriklik asosida quduq işga tuşirilib, 6 ta uzoq qişloqdagi 11 ming aholi içimlik suvi bilan taʼminlangan edi. Bunga ketgan xarajatlar 2 yilda özini qopladi. Şuningdek, Amudaryo tumanida 8 ta suv tozalaş şoxobçasi qurilib, 5 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladigan 7 ta mahalla toza içimlik suvi bilan taʼminlangan. Loyiha 3 yilda özini oqlaydi.

Bu tizimning qulayligi şundaki, içimlik suvi obʼektlari quriş va uskunalar xarid qiliş uçun xususiy sektorga kredit berilib, uning 14 foizidan yuqori qismiga davlat tomonidan subsidiya ajratiladi. Bugungi kunda köplab tadbirkorlar şunday loyihalarda iştirok etiş istagini bildirmoqda.

Yiğilişda mamlakat böylab 27 ta tumanda içimlik suvi bilan taʼminlaş işlari tanqid qilindi. Mavjud 70 ming kilometr suv quvurlarining 32 foizi eskirgan. Oqibatda ulardagi yöqotişlar darajasi 40-50 foizni taşkil etmoqda. Bu yiliga qariyb 500 million kub metr suv yoki örtaça 300 milliard söm degani. Bundan taşqari, joylardagi nasos uskunalari va maxsus texnikalar ham taʼmirtalab bölib qolgan.

Şu bois kelgusi yildan investitsiya dasturlarida sohaga ajratilayotgan mablağning 10 foizini suv obʼektlariga energiya tejovçi uskunalar örnatiş hamda maxsus texnikalar xarid qiliş uçun yönaltiriş zarurligi taʼkidlandi.

Videoselektor yiğilişida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obʼektlarini kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş masalasi ham muhokama qilindi. 

Bu yil qiş sovuq kelib, havo harorati oldingi yillarga nisbatan 2-5 daraja past bölişi kutilmoqda. Şu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasiga tuman va şaharlardagi haqiqiy holatdan kelib çiqib, kuz-qişga tayyorgarlik yuzasidan Toşkent şahrining 12 ta tumani, Qoraqalpoğiston va har bir viloyat böyiça alohida-alohida qaror qabul qiliş topşirildi.

Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Toşkent şahri tumanlariga, Boş vazirning birinçi örinbosari viloyatlarga şu masalalar böyiça masʼul etib biriktirildi. Tayyorgarlik işlarini, eng avvalo, bu borada ahvol oğir bölgan 56 ta tuman va şahardan boşlaş kerakligi taʼkidlandi.

1 noyabrga qadar 3 mingdan ziyod taʼmirga muhtoj köp qavatli uyni kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş, 131 ta ijtimoiy soha obʼektini mukammal va 3 mingtasini joriy taʼmirlaş vazifasi qöyildi. Tibbiyot va taʼlim muassasalarining tayyorgarlik holati körib çiqildi.

Bu yil kuz-qiş mavsumi uçun 6 million tonna kömir mahsulotlari zarurligi qayd etilib, ularni ğamlaş va yetkazib beriş böyiça çora-tadbirlar belgilandi. Kömir arzon bölişi uçun uni import qiluvçi tadbirkorlarga temir yölda taşiş böyiça çegirma beriş muhimligi taʼkidlandi.

Boş prokuraturaga kömir narxini asossiz oşirib yuboriş, tamagirlik va talon-toroj holatlarining oldini oliş yuzasidan körsatma berildi.

“Hududgaztaʼminot” aktsiyadorlik jamiyatiga tabiiy gaz tanqis hududlarga 385 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib beriş vazifasi qöyildi.

Joriy mavsumda elektr energiyasiga talab ötgan yilgiga nisbatan 7,5 foiz köp bölişi kutilmoqda. Bu soha barqaror işlaşi uçun issiqlik elektr stantsiyalarini tabiiy gaz va mazut bilan taʼminlaş, elektr tarmoqlari, podstantsiya va transformatorlarni taʼmirlaş muhimligi taʼkidlandi.

Videoselektor yiğilişida hukumat aʼzolari, tegişli tarmoq va hududlar rahbarlari axborot berdi.

×