Toşkent şahrida xorijiy turistlarni kamida 3 kun olib qoliş va “1 ming dollarlik xizmatlar paketi”ni taqdim qiliş böyiça alohida dasturni amalga oşiriş vazifasi qöyildi. Bu orqali poytaxtda qöşimça 1 million sayyohni jalb qiliş imkoniyati bor.
Toşkent şahri hokimiga poytaxtda:
- yil davomida işlaydigan zamonaviy akvapark, attraktsion, safari gullar, çiroqlar va boşqa mavzuli parklar;
- tunu-kun işlaydigan kamida 5 ta gastronomik va savdo köçalari;
- restoran va mehmonxonalar, jamoat joylarida jonli ijro kontsertlarini yölga qöyiş;
- oçiq osmonda şou (dorbozlik, musiqa va raqs dasturlari) va festivallar (gullar, gastronomik, muzqaymoq, opera) taşkil etiş işlarini boşlaş böyiça topşiriq berildi.
Prezident joriy yilda içki turizm oqimini kamida 10 millionga yetkazişi şartligini taʼkidladi.
Buning uçun tuman, şahar hokimlari oldiga turizm salohiyati yuqori 28 ta tuman va şahar, 135 ta mahalla imkoniyatlaridan töliq foydalaniş, infratuzilma muammolarini hal qilib beriş vazifasi qöyildi.









