Bugun, 5 avgust soat 17:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 27 554 nafarni taşkil etmoqda.
Yangi kasallaniş holatlarining 176 nafari Toşkent şahrida, 21 nafari Qaşqadaryo viloyatida, 19 nafari Surxondaryo viloyatida, 12 nafari Toşkent viloyatida hamda yana 12 nafari Andijon viloyatida koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Şu bilan birga, Sergeli tumanida yaşagan 38 yoşli S.M. (erkak) hamda Uçtepa tumanida yaşagan 77 yoşli X.S. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga çalingan bemor vafot etdi.
Bugun ayni paytga qadar Toşkent şahrida 461 nafar, Toşkent viloyatida 132 nafar, Andijon viloyatida 21 nafar hamda Namangan viloyatida 17 nafar, jami 631 nafar bemor tuzaldi.
Şunday qilib 18 682 (+631) nafar koronavirus infektsiyasiga çalingan fuqarolar (67 foiz) soğaygan. Hozirda mamlakatimizda 8 703 nafar bemorga şifokorlar tomonidan belgilangan standartlar böyiça davo çoralari körilmoqda.









