Özbekistonda koronavirusga çalinganlar 19 mingdan oşdi

Özbekistonda koronavirusga çalinganlar 19 mingdan oşdi

Bugun, 24 iyul soat 17:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 193 nafarga oşib, 19 179 nafarni taşkil etmoqda. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallaniş holatlar:

106 nafari Toşkent şahrida;

52 nafari Qaşqadaryo viloyatida;

35 nafari Andijon viloyatida koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Eʼtiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Andijon viloyatida 45 nafar, Navoiy viloyatida 9 nafar, jami 54 nafar bemor tuzaldi.

Şunday qilib, Özbekistonda 10 203 (+54) nafar koronavirus infektsiyasiga çalingan fuqarolar (53 foiz) soğaygan.

Hozirda mamlakatda 8 872 nafar bemorga şifokorlar tomonidan belgilangan standartlar böyiça davo çoralari körilmoqda. 

×