Özbekistonda koronavirusga çalinganlar 15 nafarga yetdi

Özbekistonda koronavirusga çalinganlar 15 nafarga yetdi

Bundan bir muddat oldin Istanbuldan kelgan Özbekiston fuqarosida koronavirus infektsiyasi aniqlanganligi haqida xabar berilgan edi.

Sönggi maʼlumotlarga qaraganda, uning turmuş örtoğida ham uşbu infektsiya borligi tasdiqlangan. Şu bilan birga,  Londonda bölib qaytgan yana bir  mamlakatimiz fuqarosida  ham koronavirus infektsiyasi aniqlangan. Har ikki fuqaro ham qatʼiy tibbiy nazoratda bölgan. Ayni paytga kelib, uşbu infektsiya aniqlangan bemorlar soni 15 nafarga yetdi.

Eslatib ötamiz, infektsiya tarqalib ketişining oldini oliş maqsadida olib borilayotgan epidemiologik suriştiruv işlari davom ettirilmoqda.

×