Internetda ikki fuqaroning politsiya xodimlari tomonidan kaltaklangani haqida maʼlumotlar tarqalmoqda. IIV matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov bu voqeaga oydinlik kiritdi.
"Mazkur fakt atrofidagi gap-sözlarga çek qöyiş maqsadida joriy yilning 8 iyun kuni poytaxtimizning Mirzo Uluğbek tumanidagi içki işlar organlari xodimlari tomonidan fuqarolarning şaxsini aniqlaş zarurati tuğilganini maʼlum qilamiz. Bunga fuqarolarning Soat 02.30 atrofida giyohvandlik vositalarini joylaştirişga aloqadorlikda gumon qilinib, profilaktika nazoratini buzganliklari sabab bölgan.
Fuqarolar boşidanoq özini noörin tutgan, içki işlar organlari xodimlarining harakatlariga faol qarşilik körsatgan.
Keyinçalik ayrim ommaviy axborot vositalari tomonidan voqealarning biryoqlama talqin qilinişi, şuningdek, maqolalarda yoşlarning sarguzaştlari “rang-barang” tasvirlangani sababli ijtimoiy tarmoqlarda turli millatçilik ruhidagi bayonot va mulohazalar tarqala boşladi.
Eslatib ötamiz, bu alohida jamoatçilik vakillari tomonidan milliy adovatni sunʼiy ravişda qözğatişga urinişlarning birinçi holati emas. Biz bu salbiy tendentsiyani kuzatib boramiz va ayrim salbiy fikrdagi fuqarolarning millatçilik tuyğularini qözğatib, jamoatçilikka bosim ötkazişiga yöl qöymasligimizdan ogohlantiramiz.
Tergov uşbu fuqarolar tasvirlangan tan jarohatlarini qayerda va qanday şaroitda olgan bölişi mumkinligini hozirça aniqlamagan. Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollaridan huquq-tartibot idoralari xodimlari va fuqarolarning harakatlariga huquqiy baho berilişini kutişlarini söraymiz", deb yozadi Ğiyosov.









