Karantin davom etadi. 11 maydan yangiça tartib amalda

Karantin davom etadi. 11 maydan yangiça tartib amalda

Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda karantin çoralari 25 mayga qadar uzaytirilgani töğrisida xabarlar tarqalmoqda. Bunday xabarlar asossiz  - Respublika maxsus komissiyasi karantin muddatini uzaytiriş böyiça qaror çiqarmagan. Şu bilan birgalikda, aholida karantin muddati böyiça tuşunmovçilik yuzaga kelgan - karantin muddati rasman uzaytirilmagani uçun köpçilikda karantin 10 mayda tugaşi haqida tasavvur paydo bölgan. 

Quyida Özbekistonda 15 mart kuni koronavirusdan zararlaniş bilan boğliq ilk holat aniqlangaç, joriy etilişi boşlangan karantin çoralari xronologiyasi va sönggi eʼlon qilingan karantin çoralari keltiriladi.

Özbekistonda 23 mart kunidan qatʼiy karantin çoralari joriy etilgandi. Öşanda Respublika maxsus komissiyasi qaroriga köra, töy ötkaziş taqiqlangan, umumiy ovqatlaniş joylari yopilgan, xorijga çiqiş töxtatilgan, muassasalar xodimlari masofadan turib işlaşga ötgan, jamoat joylarida tibbiy niqobda yuriş majburiy bölgandi. Bu çoralar 20 aprelga qadar etib belgilangandi.

Köp ötmay şaharlararo transport harakati töxtatildi, özini yakkalaş tartibi joriy etildi, şaxsiy transportda maxsus ruxsatnomasiz harakatlaniş taqiqlandi.

18 aprel kuni esa maxsus komissiya qarori bilan 20 aprelgaça davom etişi belgilangan karantin çeklovlari 10 mayga qadar uzaytirildi. 

Özbekistonda sönggi haftalarda epidemiologik vaziyat yaxşilana boşladi, 21 apreldan boşlab kunlik kasallanişlar soni tuzalganlar sonidan kam böldi.

29 aprel va 5 may kunlari Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan videoselektor yiğilişlarida koronavirus bilan boğliq vaziyat ijobiy tomonga özgarib borişi bilan karantin talablarini bosqiçma-bosqiç yumşatiş zarurligi taʼkidlandi.

Şu tariqa, Özbekistonda karantin böyiça yangi tizim joriy etiladigan böldi. Unga köra, Özbekistonda karantin çoralari yumşatiladigan hududlarni belgilaş aniq mezonlar asosida baholanib, tumanlar va şaharlar «qizil» (yuqori xavfli), «sariq» (örta xavfli) va «yaşil» (xavfsiz) hududlarga ajratildi.

Respublika maxsus komissiyasining 6 maydagi yiğilişi bayoniga muvofiq, koronavirus tarqalişi holatining hududlar kesimidagi tahlilidan kelib çiqib, 8 maydan viloyatlar uçta toifaga ajratildi.

7 may kuni prezident raisligida ötkazilgan videoselektor yiğilişida hududlarni toifaga ajratişni tuman va şaharlar darajasida belgilaş taʼkidlandi.

Şu munosabat bilan, Respublika maxsus komissiyasining 8 maydagi yiğilişi bayoniga muvofiq, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi tarqaliş holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolaniş (soğayiş) dinamikasi holatidan kelib çiqqan holda mamlakat hududlari 11 maydan eʼtiboran tuman va şaharlar darajasida toifalarga ajratiladi.

Bunda:

  • «sariq» va «qizil» toifadagi viloyatlarda koronavirus infektsiyasi umuman aniqlanmagan tumanlar (şaharlar) «yaşil» toifaga kiritiladi;
  • «yaşil» yoki «sariq» toifadagi viloyatning biror-bir tumanida (şahrida) koronavirus infektsiyasi aniqlanadigan bölsa, butun viloyatning toifasini özgartirmagan holda tegişli tumanning (şaharning) özi «qizil» toifaga ötkaziladi.

Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi koronavirus infektsiyasining tarqaliş holatining har bir tuman (şahar) kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolaniş (soğayiş) dinamikasi holatidan kelib çiqqan holda, tuman (şahar)larning toifasini özgartiriş yuzasidan doimiy ravişda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklariga taklif kiritib boradi.

Tuman va şaharlarda ularning toifasidan kelib çiqqan holda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri uçun amalga oşirilişi nazarda tutilgan faoliyat turlariga ruxsat beriladi.

Muayyan tuman (şahar) «qizil» toifaga ötkazilganda, tegişli hudud (Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar) toifasidan qatʼi nazar uşbu tuman (şahar)da «qizil» toifa uçun nazarda tutilgan barça karantin çeklovlari töliq joriy etiladi.

«Yaşil» va «sariq» toifadagi hududlarda savdo majmualari faoliyatiga ijtimoiy masofani saqlagan holda ruxsat beriladi, bunda uşbu majmualarning attraktsion, köngiloçar, ovqatlaniş bölinmalari, kinoteatr va öyin maydonçalari faoliyatiga ruxsat berilmaydi.

Yönalişsiz taksilarda yölovçi taşişga hamda sartaroşxona (gözallik salonlari) faoliyat yuritişiga faqatgina Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri kesimida «yaşil» va «sariq» toifadagi hududlardagina ruxsat beriladi.

Agarda muayyan hudud «qizil» toifaga kirib, uning tarkibidagi tuman (şahar)lar «sariq» va «yaşil» toifalarga kirgan taqdirda, uşbu tuman (şaharlar)da yönalişsiz taksilarga yölovçi taşişga hamda sartaroşxona (gözallik salonlari) faoliyat yuritişiga yöl qöyilmaydi.

Tuman (şahar)larni tegişli toifalarga ajratgan holda bosqiçma-bosqiç bekor qilişda quyidagi talablar saqlab qolinadi:

  • ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlaş, 3 kişidan ortiq yiğilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalardan foydalanişi;
  • taʼlim taşkilotlari (boğça, maktab, litsey, kollej, texnikum, institut, universitet va boşqalar), öquv kurslari faoliyatini yölga qöymaslik;
  • köngiloçar obʼektlar – tungi klublar, diskoteka, restoran, kafe, oşxona, çoyxona, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, çilim (kalyan) va kompyuter öyinlari markazlari faoliyatiga yöl qöymaslik;
  • barça turdagi ommaviy tadbirlar – kontsert, teatr, kinoteatr, muzey, sport tadbirlari, oilaviy tantana, töy, maʼraka va marosimlarni (dafn marosimlari 10-15 kişidan köp bölmagan hollar bundan mustasno) ötkazmaslik;
  • jamoat transporti harakatiga ruxsat bermaslik;
  • dehqon bozorlari va oziq-ovqat savdo nuqtalari (supermarket va boşqa yirik dökonlar) kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlaş hamda har bir fuqaroning tana haroratini ölçab, 37 daraja va undan yuqori bölgan holatda, uşbu majmualarga kiritmaslik çoralarini köriş;
  • barça taşkilotlar kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan taʼminlaş hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritişini taʼminlaş uçun birinçi rahbarlar şaxsan masʼulligi;
  • quriliş-taʼmirlaş işlarida obʼektlarning hududi töliq karantinga olinişi va hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik markazlari bilan birgalikda obʼektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlarining amalga oşirilib borilişi. Bunda, uşbu taşkilotlarning faoliyat olib boriş davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga töliq rioya qilişi, öz faoliyatini faqatgina tegişli obʼekt hududi doirasida taşkil etişi.

«Qizil» toifaga kiruvçi hududlarda karantin çeklovlari talablarini bajarmaslik, şuningdek «yaşil» va «sariq» toifaga kiruvçi hududlarda ruxsat berilgan faoliyat turlarini örnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oşiriş tegişli javobgarlikka sabab böladi.

Xulosa şuki, ayrim hududlar uçun qatʼiy karantin çoralari tugadi, ayrim hududlar uçun qatʼiy karantin çoralari amal qilişi davom etadi.

Manba: Kun.uz

×