Farğona viloyatida koronavirusga çalingan sönggi bemor soğayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Darhaqiqat, yurtimizda koronavirus infektsiyasi aniqlangan dastlabki kunlardan infektsiya tarqalişining oldini oliş, bemorlarni samarali davolaş borasida qatʼiy va tizimli saʼy-harakatlar yölga qöyildi. Uşbu çora-tadbirlar samarasi ölaroq, mamlakatimizda koronavirus infektsiyasidan holi bölgan hududlar safi kengayib bormoqda.
Farğonada tuzalgan sönggi bemor (40 yoşli erkak) uşbu viloyatning Oltiariq tumanidan bölib, koronivirus infektsiyasiga çalingan fuqarolar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Şunday qilib, viloyatdagi fidoyi şifokorlar saʼy-harakati tufayli koronavirus infektsiyasiga çalingan 157 nafar bemorning barçasi butunlay soğaydi.
Tabiiyki, uşbu quvonçli voqea zamirida tibbiyot xodimlarining ulkan hissasi bor. Eng muhimi, şifokorlari pandemiya bilan kuraşişdek katta masʼuliyatni zimmalariga olişib, bor bilim va tajribasini işga solgan holda qahramonlarça koronavirus balosiga qarşi kuraşişga kirişdilar va samarali natijalarga ham erişmoqdalar.
Ayni paytda mamlakatimiz böylab koronavirus infektsiyasidan butunlay soğayganlar soni 2077 nafarni taşkil etmoqda.
Soğliqni saqlaş vazirligi
Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi.









