Qaşqadaryoda koronavirusga çalingan barça bemorlar soğaydi

Qaşqadaryoda koronavirusga çalingan barça bemorlar soğaydi

Qaşqadaryo viloyatida sönggi bemor koronavirusdan butkul soğaydi. Bu haqda bugun, 1 may kuni Soğliqni saqlaş vazirligi xabar berdi.

“Bugun viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasidan koronavirus infektsiyasiga çalingan sönggi bemor butkul soğaydi. U viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi masʼullari iştirokida reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Taʼkidlanişiça, Soğaygan bemor (erkak) 36 yoşda bölib, Çiroqçi tumanidan. U koronavirusga çalingan bemor bilan muloqotda bölib, uşbu infektsiyani yuqtirib olgan.

Eslatib ötamiz, Qaşqadaryoda koronavirus infektsiyasiga çalingan jami 6 nafar bemordan 5 nafari bir oilaning aʼzolaridir. Bemorlarning barçasi Çiroqçi tumanidan bölib, koronavirusga çalingan bemor bilan muloqot orqali yuqtirib olişgan.

Şunday qilib, mamlakat böylab koronavirus infektsiyasidan soğayganlar soni 1134 nafarga yetdi.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda koronavirusni yuqtirib oliş bilan boğliq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda koronavirus yuqtirganlar 2046 nafarga yetdi. Bugungaça bemorlarning 9 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoşlar, karantin davrida zarurat bölmasa, köçaga çiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida ötkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
Nurulloh Şaripov

×