Xuşxabar! Buxoroda 15 nafar bemor koronavirusdan soğaydi

Xuşxabar! Buxoroda 15 nafar bemor koronavirusdan soğaydi

Şifokorlarimizning matonatli mehnatlari tufayli har kuni koronavirusga çalingan köplab bemorlarimiz soğayişayotgani hammamizni quvontirmoqda.
Bugungi ilk quvonçli xabar: Buxoro viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazida 15 nafar bemor töliq soğaydi. Ular viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi masʼullari iştirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Şifo topganlarning barçasi Rossiyadan çarter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infektsiyasi tasdiqlangaç, şifoxonaga joylaştirilgan. Ulardan 13 nafari erkak, 2 nafari ayol. Bemorlarning 7 nafari Toşkent şahridan, Andijon va Qaşqadaryo viloyatlaridan 2 nafardan, Toşkent, Farğona, Sirdaryo va Samarqand viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoşi kattasi 54 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 16 yoş.
Buxoro viloyati böyiça şu paytga qadar 265 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ular 280 nafarga yetdi.
Şu soatga kelib mamlakatimiz böyiça koronavirus infektsiyasidan soğayganlar soni 804 nafarni taşkil etmoqda.

Soğliqni saqlaş vazirligi
Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi.

×