Xuşxabar! Toşkentda yana 10 nafar bemor koronavirusdan butunlay soğaydi

Xuşxabar! Toşkentda yana 10 nafar bemor koronavirusdan butunlay soğaydi

Ayni paytda dunyoda hamon koronavirus pandemiyasi avj nuqtasida turgan bölsa-da, şifo topayotgan bemorlar safining kengayib borayotgani odamlarda uşbu infektsiyani yengişga bölgan işonçni bermoqda. Yurtimizda ham sönggi kunlarda soğayganlar köpayib borayapti.

Jumladan, Toşkent şahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida koronavirus infektsiyasiga çalingan navbatdagi 10 nafar bemor butkul soğaydi. Ular Soğliqni saqlaş vazirligi masʼullari iştirokida Respublika ixtisoslaştirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Tuzalganlarning 6 nafari poytaxtimizdan, 3 nafari Toşent viloyatidan va 1 nafari Qaşqadaryo viloyatidan. Ulardan 7 nafari koronavirus infektsiyasiga çalinganlar bilan muloqotda bölib, yuqtirib olişgan. Şuningdek, ularning 2 nafari Rossiyadan poytaxtimizga kelgan va “Sokol” oromgohida karantinga olingan, yana 1 nafari esa Moskva – Toşkent yönalişida çarter reysi orqali kelgaç, Yuqori Çirçiq tumanidagi karantin markaziga joylaştirilgan. Ularda koronavirus infektsiyasi aniqlangaç, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida davolanişni boşlaşgan. Bemorlarning 6 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoşi kattasi 61 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 13 yoşda.

Sönggi tekşiruv natijalari uşbu bemorlarda infektsiya yöqligini körsatdi. Mazkur klinikada şu paytga qadar 17 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ular 27 nafarga yetdi.

Ayni paytga qadar mamlakatimiz böylab koronavirus infektsiyasidan jami 214 nafar bemor töliq soğaydi.

Soğliqni saqlaş vazirligi
Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi.

×