Sinovli kunlarda jiddiy taşviş tuğdirayotgan xavflardan biri — uzoq va yaqin xorijga qatnovçi yuk maşinalari haydovçilarining karantin qoidalariga amal qilmasligi bilan boğliq. Belgilangan tartiblarga köra, bu toifa insonlar viloyatga kirib kelişlari çoğida qatʼiy ravişda koronavirus infektsiyasiga tibbiy tekşiruvga jalb etiladi. Buning uçun tegişli mutaxassislardan iborat tizim xizmati yölga qöyilgan. Ammo şunday muhim va zarur amaliyotdan böyin tovlaş va özini çetga oliş holatlari ham kuzatilmoqda.
Özga yurtlarda bölib Namanganga qaytyapsizmi, demak, sizga sanitariya-epidemiologik vaziyatga tahdid tuğdiruvçi sifatida gumon bilan qaralişi tabiiy. Yaʼni sizning töla soğlom va koronavirusni yuqtirib olmaganligingizga kafolat yöq. Barça gumonlardan xoli böliş uçun esa oilangiz va yaqinlaringiz oldiga borişdan avval, birinçi navbatda tibbiy tekşiruvlardan ötişingiz, belgilangan tartibga muvofiq alohidalanişingiz zarur!









