OTB soğliqni saqlaş tizimini mustahkamlaş uçun Özbekistonga $100 mln ajratadi

OTB soğliqni saqlaş tizimini mustahkamlaş uçun Özbekistonga $100 mln ajratadi

Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) Özbekistonning soğliqni saqlaş tizimining favqulodda vaziyatlariga, şu jumladan, koronavirus pandemiyasiga çidamliligini oşiriş uçun 100 mln dollarlik kreditni maʼqulladi, deb xabar beriladi bank saytida. Loyiha doirasida COVID-19ga qarşi samarali javob beriş (diagnostika va reaktsiya) hamda test ötkaziş tizimlarini takomillaştiriş rejalaştirmoqda.

«COVID-19 pandemiyasi rivojlanayotgan epidemiologik stsenariy va davolaş usullari bilan favqulodda miqyos va xarakterga ega. Mamlakat soğliqni saqlaş tizimining sifati, xavfsizlik standartlari, protokollari va xizmatlarini yaxşilaş orqali mazkur loyiha Özbekiston aholisini Covid-19 va kelajakda salomatlikka taʼsir qilişi mumkin bölgan tahdidlardan himoya qilişga yordam beradi», — dedi OTB vitse-prezidenti Şisin Çen

Maʼlum qilinişiça, mazkur loyiha OTB tomonidan mamlakatga ajratilayotgan qöllab-quvvatlaş kompleks paketining bir qismi hisoblanib, u hukumatning inqirozga qarşi çora-tadbirlari va joriy texnik yordam uçun 500 mln dollar miqdoridagi qarzni ham öz içiga oladi.

Bundan taşqari, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (AIIB) uşbu loyiha uçun 100 million dollar miqdorida, Özbekiston hukumati esa qöşimça 57 million dollar miqdorida mablağ ajratadi.

Loyiha doirasida mamlakat böylab 38 ta laboratoriyada tibbiyot xodimlari uçun xavfsiz işlaş şaroitlarini taşkil etiş, ularni individual himoya va boşqa tibbiyot buyumlari bilan taʼminlaş uçun taʼmirlaş işlarini amalga oşiriş közda tutilgan. Bunda, 80 foizdan ortiğini ayollar taşkil qiluvçi tibbiyot xodimlari va kasallikni yuqtiriş xavfi yuqori bölgan muassasa xodimlariga diagnostika xizmatlaridan foydalanişda ustuvorliklar taqdim etiladi.

Loyiha doirasida epidemiologik kuzatuv va COVID-19ga javob berişning raqamli milliy tizimi yaratiladi. U maʼlumotlarni yoş va jinsga ajratgan holda taqdim etiş imkoniyatini beradi.

«Bu Özbekistonga COVID-19 bilan boğliq holatlarini aniqlaş va kontaktlarni kuzatiş, skrining, testdan ötkaziş, yakkalaş va mamlakat böylab tarqalişining oldini oliş imkoniyatlarini kengaytiradi», — deya taʼkidlanadi xabarda.

Şuningdek, loyiha tibbiy protokollarni işlab çiqiş va eʼlon qiliş, soğliqni saqlaş sohasi xodimlarining bemorlarni davolaydigan birlamçi böğini va şaxslarini öqitiş, COVID-19 kasalligining potentsial holatlarini aniqlaş va ularga mos keluvçi tavsiyalarni taqdim etişda yordam beradi. Skrining va laboratoriyalarda namunalarni töplaş va taşiş bilan boğliq jarayonlar kuçaytiriladi.

16 ta COVID-19 davolaş markazi, jumladan, yuqumli kasalliklar böyiça 14ta mintaqaviy kasalxona va ikkita milliy darajadagi kasalxona taʼmirlanadi. Uşbu kasalxonalardagi jihozlar modernizatsiya qilinadi. Bunda, markazlarda intensiv davolaş bölimlari kengaytiriladi va qöşimça tez yordam avtomobillari bilan taʼminlanadi. Şu bilan bir qatorda, xodimlar infektsiyalarni profilaktika va nazorat qiliş, xavfsizlik va bemorlarga sifatli xizmat körsatiş böyiça öqitiladi.

Taʼkidlanişiça, loyihani amalga oşiriş zudlik bilan boşlanadi va 2022 yilning iyul oyida yakunlanişi kerak. Soğliqni saqlaş vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi loyihani bajaruvçi organlar etib körsatilgan.

×