Mirziyoyev soğliqni saqlaş sohasini moliyalaştiriş tizimini tanqid qildi

Mirziyoyev soğliqni saqlaş sohasini moliyalaştiriş tizimini tanqid qildi

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev soğliqni saqlaş tizimini rivojlantiriş, tibbiy xizmat sifatini oşiriş böyiça navbatdagi yiğilişda soğliqni saqlaş sohasini moliyalaştiriş tizimini tanqid qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilişiça, mamlakatda har 10 ming aholiga 23 nafar şifokor töğri kelmoqda. Mahalliy tibbiyot xodimlari könikmasini oşirişga eʼtibor qaratilmayapti. Ixtisoslaşgan markaz va hududiy muassasa örtasida vertikal tizim şakllanmagan.

Davolaniş uçun order beriş tizimida ijtimoiy adolat taʼminlanmayotgani, bu jarayonda faqat davlat muassasalari iştirok etişi raqobatni çeklayotgani körsatib ötildi. Şu bois order beriş tizimini takomillaştiriş va oçiqligini taʼminlaş böyiça körsatmalar berildi.

Soğliqni saqlaş sohasini moliyalaştiriş tizimi tanqidiy tahlil etildi. 20-30 foiz mablağ samarasiz sarflanayotgani körsatib ötildi. Özbekistonda birlamçi tibbiy-sanitariya uçun ajratilayotgan mablağ uluşi 35-40 foizni taşkil etadi. Xorijda esa bu körsatkiç 60 foizdan oşadi.

Davlat va xususiy tibbiyot uçun teng şart-şaroit, raqobat muhiti yaratilmagan. Moliyalaştirişda elektron tizimning yöqligi mablağlar unumdorligini tahlil qiliş imkonini bermayapti.

Sohani moliyalaştirişni takomillaştiriş, majburiy tibbiy suğurtaga oid qonunlar qabul qilib, uni bosqiçma-bosqiç joriy etiş muhimligi aytildi.

Taʼkidlanişiça, kadrlar tayyorlaş va malakasini oşiriş borasida ham kamçiliklar mavjud. Masalan, faqat 12 ta oliy taʼlim muassasasi uzluksiz kasbiy malaka oşiriş huquqiga ega. Hozirda 50 foiz şifokor malaka oşiriş bilan qamrab olinmagan.

Şu bois mazkur tizimni qayta körib çiqib, bu boradagi qamrovni kengaytiriş, malaka oşiriş kurslarini Qoraqalpoğiston va viloyatlar markazlarida taşkil etib, mutaxassislarga qulaylik yaratiş böyiça topşiriqlar berildi.

×