Namangan viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği murojaat qiladi

Namangan viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği murojaat qiladi

Hurmatli korxona va taşkilotlar rahbarlari! Koronavirus pandemiyasi butun dunyoni oğir sinovdan ötkazmoqda. Sizlardan qattiq iltimos qilamizki, bu ofatni yengişimiz uçun yordamingizga muhtojmiz.
Heç kimning befarq bölişga haqqi yöq. Uyda ötiringlar, aka-uka, qarindoş-uruğ, oşna-oğayni - barça iloji boriça heç kim bir-biri bilan körişmasin. Faqat telefon orqali onlayn muloqotda bölaylik. Bugungi kunda hattoki, ota-onani köriş uçun boriş ham nihoyatda xavfli. Juda xavfli. Agar ularni yaxşi körsangiz, ehtiyot qilay, hayotini, soğligini xatarga qöymay desangiz, heç kim bilan körişmang, uyda qoling!
Iltimos, mana şu sözlarimizni telefon orqali jamiki taniş-bilişlaringizga, yaqinlaringizga yetkazing. Koronavirus atalayotgan baloning oqibatini köpçilik tuşunib yetmayapti. Kasallik bilan hazillaşmang, uning xavfini tasavvur qiling va bu zanjirni uzişga sidqidildan yordam bering!
Hammaga tarqatinglar. Jiddiy holat bu. Har bir harakatimiz ortida bizning, yaqinlarimizning taqdiri turibdi.
Viloyatimizda 72 yoşli onaxonning koronavirus infektsiyasiga çalinganidan keyin yurak hurujidan vafot etgani haqida barçangiz eşitdingiz. Uning janozasida hatto farzandlari ham iştirok etolmadi. Bu musulmon uçun qanday musibat, qanday körgilik ekanini hammangiz yaxşi bilsangiz kerak…
Bunday fojia har birimizning boşimizga tuşişi mumkin. Toki, karantin qoidalariga qatʼiy amal qilmas ekanmiz, bir-birimiz bilan körişişda davom etar ekanmiz, huda-behudaga köçaga çiqişga oşiqaverar ekanmiz, koronavirus pandemiyasiga barham bera olmaymiz. U ildiz otaveradi, insonlar hayotiga bevaqt nuqta qöyilaveradi.
Şuning uçun tuşunib yetaylik, beparvo bölmaylik. Oila aʼzolarimizni, hamkasblar, tanişlarimiz, qarindoşlarimizni uydan çiqmaslikka çaqiraylik, nazorat qilaylik. Şu yöl bilan kasallik tarqalib ketişining oldini olgan bölamiz.
Men şaxsan iltimos qilar edim, har bir taşkilot, korxona va muassasa rahbari qöl ostidagi neçta xodim, neçta qarindoşlar, qança tanişlariga mana şu xabarni yetkazgani, karantin qoidalarini tuşuntirganini yozib, axborotini bersa. Biz sizlarning yordamingizni yurakdan his etgan bölar edik.
Rahmat sizlarga, qadrdonlarim. Yana bir bor taʼkidlayman, faqat telefon orqali yoki onlayn muloqotda böling!

Solijon Möminov, Namangan viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği.

×