Sanepidemnazorat inspektsiyasi: "QANOTCHI" restorani özboşimçalik bilan faoliyat yuritgan"

Sanepidemnazorat inspektsiyasi: "QANOTCHI" restorani özboşimçalik bilan faoliyat yuritgan"

Toşkent şahar Yakkasaroy tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyiştaligi markazining 2020 yil 9 maydagi bildirgi xatiga asosan Muqimiy va Quşbegi 1-tor köçasi 21-uyda joylaşgan “GOURMET RESTAURANT” masʼuliyati çeklangan jamiyatiga qaraşli “QANOTCHI” qahvaxonasi karantin talablariga rioya etmasdan özboşimçalik yöl bilan faoliyat yuritgani aniqlandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspektsiyasi jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabar qildi.

Holat yuzasidan zudlik bilan Toşkent şahar sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspektsiyasining buyurtmasiga asosan Özbekiston Respublikasi tadbirkorlik subʼektlari huquqlari va manfaatlarini himoya qiliş böyiça Toşkent şahar vakilining 2020 yil 10 maydagi kelişuvi asosida tekşiruv amalga oşirildi.

Tekşiruv davomida Özbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 6 maydagi 21-sonli yiğiliş bayoniga zid ravişda koronavirus pandemiyasi davrida ruxsat berilmagan faoliyat turi bilan şuğullanayotgani aniqlanib, uşbu korxonaning iş faoliyati vaqtinça töxtatildi.

Qahvaxona rahbari Agzamov Sardorxöja Erkinoviçga nisbatan Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasida körsatilgan huquqbuzarlik böyiça töplangan hujjatlar qonunçilikda belgilangan tartibda körib çiqiş uçun Yakkasaroy tuman Maʼmuriy sudiga kiritilmoqda.

×