Muxim yangilik. Endi DAMAS lar Namangan şahar içida yölovçi taşiş bilan boğlik faoliyat turi çeklanadi.

Muxim yangilik. Endi DAMAS lar Namangan şahar içida yölovçi taşiş bilan boğlik faoliyat turi çeklanadi.

Viloyatimiz hududida transport vositalari soni kun sayin ortib bormoqda. Bu xalqimizning turmuş farovonligi yuksalib borayotganligining bir nişonasi, desak mubolağa bölmaydi. Ammo, “tayoqning ikkita uçi bor”, deganlaridek bu holatning öziga yaraşa muammolari ham mavjud. Şulardan birinçisi va eng muhimi bu köçalarimizda, ayniqsa, bozorlar atrofida tirbandliklarning yuzaga kelayotganligi bölayapti.
Tirbandlik yuzaga kelgan joyda turli xil köngilsizliklar, baxs-munozaralar, tortişuvlar ham yuzaga keladi. Bu narsa, ayniqsa, piyodalar harakatiga katta xavf tuğdirişini tariflab ötiriş şart bölmasa kerak. Şularni inobatga olgan holda viloyat hokimining farmoyişiga asosan Namangan şahri hududida harakatlaniş xavfsizligi işlari samaradorligini oşiriş maqsadida tumanlardan keladigan “Damas” rusumli yölovçi taşuvçi transport vositalari uçun şaharga kiriş joylarida maxsus turargohlar taşkil etildi. Yölovçi taşuvçi uyuşmalarning haydovçilari va fuqarolarimizga qulaylik yaratiş maqsadida uşbu turargohlar töğrisida maʼlumot berib ötamiz.

  1. Pop, Çust, Töraqörğon va Kosonsoy tumanlaridan taşrif buyuruvçi transport vositalari şaharning 1-kiçik tumanida taşkil etilgan “Otçopar” boş bekatidagi turargoxgaça kelişadi.
  2. Namangan va Mingbuloqdan şaharga keluvçilar uçun “Qöqon” köçasida taşkil etilgan “Sardoba” boş bekati xizmat körsatadi.
  3. Yangiqörğon va Çortoq tumanidan keladigan transport vositalari “Sanoatçilar” köçasidagi “Hunarmandlar” boş bekatidagi avto turargoxga kelişi belgilandi.
  4. Uyçi va Uçqörğonlik haydovçilar “Bahor” kinoteatri oldidagi “Bahor” boş bekatiga kelişadi.
  5. Norin tumani hamda Andijon viloyatidan keluvçi transport vositalari Jaxon bozori oldidagi “Lola” boş bekatiga kelişlari belgilandi.
    Albatta, amalga oşirilayotgan har bir iş avvalo harakat iştirokçilarining xavfsizliklarini taʼminlaş maqsadini közlaydi. Şu sababli yölovçi taşuvçi uyuşmalarning rahbarlari, ayniqsa, haydovçilarimizdan belgilangan şox bekatlargaça kelişni, şahar içiga kirmasliklarini hamda belgilangan talablarga qatʼiy amal qilişlarini sörab qolamiz.
    Uşbu tadbirda fuqarolarimizga yaʼni yölovçilarga qöşimça qulayliklar yaratiş işlari ham hisobga olingan. Uşbu şox bekatlardan şahar içiga qarab yönalişli avtobuslar xizmati yölga qöyilgan. Avtobularning qatʼiy qatnov rejalari ham işlab çiqilgan bölib, ularning bu rejaga amal qilişlari doimiy tarzda nazorat qilib boriladi.
    Harakatlaniş xavfsizligini taʼminlaş barçamizning birdek vazifamiz ekanligini unutmang va tirbandliklarning oldini olişga öz xissangizni qöşing. Unutmang! Tirbandliklar tez yordam, öt öçiriş xizmati va tezkor avtomobillarning harakatiga tösqinlik qilişi mumkin. Ular esa siz bilan bizga xizmat körsatiş uçun şoşilişadi.

Transport vazirligi Namangan viloyati boşqarmasi,
Namangan viloyati IIB YHX boşqarmasi.

×